Ikkinchi jahon urushi haqida sizga ma’lum bo‘lmagan dahshatli faktlar
Oydin muallif E`lon qilindi 1 год назад — 19,734 Ko`rish
QIZIQARLI Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng katta qurolli to‘qnashuv hisoblanadi. Janglar davomida juda katta miqdordagi qurbonliklar berilgan, vayronagarchiliklar ham inson aqliga sig‘mas darajada edi. Ko‘plab insonlar hayot bilan vidolashgan, ushbu urush insoniyat tarixini tubdan o‘zgartirib yuborgan...
1. Ikkinchi jahon urushida eng katta yo‘qotishlarga uchragan mamlakat Rossiya bo‘lib, halok bo‘lgan sovet askarlari 21 milliondan ortiq kishini tashkil qilgan.
2. Ulug‘ Vatan urushidagi har besh nafar nemis askarining to‘rttasi Sharqiy frontda halok bo‘lgan.
3. Xolokost (yahudiylarni ommaviy ta’qib qilish) paytida 1,5 million bola nobud bo‘ldi. Ularning qariyb 1,2 million nafari yahudiy, o‘n mingdan ortig‘i siganlar edi.
4. 1923 yilda tug‘ilgan sovet erkaklarining 80 foizi Ikkinchi jahon urushidan omon qolmadi.
5. 1939 yildan 1945 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida Ittifoq askarlari jang maydonlariga 3,4 million tonnaga yaqin bombalar tashlagan, bu esa bir oyga o‘rtacha 27 700 tonnaga teng kelgan.
6. Ko‘plab tarixchilar Stalingrad (1942-1943) jangini nafaqat tarixdagi eng qonli urush (800 000-1,6 million kishi halok bo‘lgan), balki Ikkinchi jahon urushida Yevropada burilish nuqtasi bo‘lgan to‘qnashuv deb hisoblaydilar.
7. Konsentratsion lagerlarda o‘ta og‘ir xastaliklarga duchor bo‘lganlar ozod qilinganlaridan keyin, hattoki Ittifoq askarlari tomonidan yordam olsalar ham vafot etishgan. Masalan, Bergen-Belzendan ozod qilinganidan so‘ng 13000 mahbus halok bo‘ldi. Daxauda omon qolgan 33 ming nafar aholining 2500 nafari ozod qilinganidan keyin olti hafta ichida olamdan ko‘z yumgan.
8. Max Heiliger soxta ism edi. Germaniya undan Yevropada yahudiylardan olingan pul, oltin va qimmatbaho toshlarni saqlash maqsadida bank hisoblarini ochish uchun foydalangan.
9. Ikkinchi jahon urushidagi eng uzoq jang - Atlantika uchun olib borilgan kurash bo‘lib, u 1939 yildan 1945 yilgacha davom etgan.
10. Germaniya Milliy Sotsialistik Partiyasining asl qisqartmasi "Nasos" ko‘rinishida edi. "Natsist" so‘zi esa bavar tilidagi so‘zdan kelib chiqqan va "faqat o‘ylovchi" degan ma’noni anglatgan. Mazkur so‘z birinchi marta jurnalist Konrad Xayden (1901-1966) tomonidan ishlatilgan ekan.
11. Svastika qadimgi diniy ramz hisoblangan. Bu sanskrit tilidan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur belgi qadimgi odamlar uchun omad va hosildorlikning ramzi sanalgan. Svastika timsoli Yunoniston, Misr, Xitoy, Hindiston va Hinduiylik ibodatxonalarining xarobalarida uchraydi.
12. 1935-yili ingliz muhandisi Robert Uotson-Uatt "dushman samolyotlarini radio to‘lqinlari yordamida yo‘q qila oladigan" "o‘lim nuri"ni ishlab chiqadi. Uning ixtirochi keyinchalik radar hamda radiolokatsiyaga aylangan.
13. Ikkinchi jahon urushida dengiz osti kemalarida xizmat qilgan 40 000 askardan faqat 10 000 kishi jangdan qaytib keldi.
14. Yaponiyadagi atom bombardimonidan qutulib qolganlar "Niji Xibakusya" deb atalgan,bu so‘zma-so‘z tarjima qilinganda "portlashdan zarar ko‘rgan odamlar"degan ma’noni anglatadi.
15. Ikkinchi jahon urushida AQSh harbiylari orasida 600 000 yahudiy xizmat qilgan. Ularning 35 mingdan ziyodi halok bo‘ldi, yaralandi, asir olindi yoki daraksiz ketdi. 8000 ga yaqin yahudiy askar jangda vafot etgan. Eng achinarlisi, yahudiy askarlardan faqat ikkitasigina urushdagi xizmati uchun "Jasorat "medaliga sazovor bo‘lgan.
16. Ardennes jangi Amerika qurolli kuchlarining eng katta va eng dahshatli to‘qnashuvi edi. Bu yerda 80 mingdan ortiq amerikalik askar qurbon bo‘lgan.
17. Enola Gay nomi (Boing B-29 Superfortress) Xirosima shahriga bomba tashlangach,mashhur bo‘lib ketdi. Nagasaki shahriga bomba tashlagan Bockscar bombardimonchi samolyoti esa oddiy uchuvchi nomi (Frederik Bok sharafiga) bilan atalgan edi.
18. Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali paytida halok bo‘lgan ruslar (harbiylar va tinch aholi vakillari) soni butun urush davomida o‘lgan amerikalik va ingliz askarlari ko‘proq bo‘lgan.
19. Natsistlar taxminan 12 million odamni o‘ldirgan, ularning 6 millioni esa Xolokost paytida qirib tashlangan yahudiylar edi.
20. Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyada qog‘oz va ipak yordamida to‘qqiz mingta "havo kemalari"ni yasab chiqishgan. Rezinali havo sharlari AmerikaQo‘shma Shtatlariga portlovchi va piyodalarga qarshi bombalarni yetkazib berishi kerak edi. 1000 dan ziyod pufaklar Michigan shahriga yetib kelgan. O'sha paytda Oregon shtatidagi piknikda bo‘lgan olti amerikalik (beshta bola va bitta homilador ayol) mana shu pufaklar sababli o‘lim topgan.
21. Yapon kamikadzelari 1944 yili 19 oktyabrda vitse-admiral Onisi tomonidan Amerika qo‘shinlarining texnologik afzalliklarini muvofiqlashtirish uchun taklif etilgan. Kamikadzelarning 2800 tasi halok bo‘lgan. Ular 34 ta Amerika kemasini cho‘ktirganlar, 368 tasini zararlaganlar, 4,900 dengizchi bilan kurashib ularni yo‘q qilishgan, yana 4,800 askar esa og‘ir darajada yaralangan.
22. Ko‘pgina yahudiylar dahshatli tibbiy tajribalarga duch kelishgan. Masalan, natsist shifokorlar suyakni davolab bo‘lmaydigan darajaga kelishi uchun uni necha marta sindirish kerakligini bilmoqchi bo‘lishgan va buning uchun yahudiylarning suyaklarini qayta va qayta sindirib ko‘rishgan. Odamning bosh chanog‘idagi do‘nglik qismini topish uchun uni bolg‘a bilan urib chiqishgan. Atmosfera bosimining tanaga ta’sirini aniqlash uchun yana bir qator dahshatli tajribalar o‘tkazilgan. Bundan tashqari, mahbuslar turli yuqumli kasalliklar bilan zararlantirilgan, ularning qo‘llari va oyoqlari kesib olingan, transplantatsiya tajribalari uchun mushaklarini ham kesib olganlar. Shuning uchun ham mazkur tajribalardan bugungi kunda foydalanish ahloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi.
23. Doktor Yosef Mengele ("O‘lim farishtasi") o‘zining genetik tajribalari uchun taxminan 3000 ta egizak, asosan, Sigan va Yahudiylarning bolalaridan foydalangan. Tajribada qatnashgan 3000 nafar bolaning faqatgina 200 tasi omon qoldi. Doktor egizaklarning ko‘zlarini almashtirib ko‘rar, dahshatli tajribalar o‘tkazgancha bolalarni do‘zahiy azoblar bilan qiynardi. Eng jirkanch va dahshatli tajribalardan biri sigan egizaklari bilan amalga oshirilgan. Beshafqat doktor ularni bir-biriga mahkamlab tikib qo‘ygan va zamonaviy tilda "Siam egizaklari"ni yaratgan.
24 . Ikkinchi jahon urushining tugashi 1945 yil 2 sentyabr sanasi - Yaponiyaning Tokio ko‘rfazidagi AQShga tegishli "Missuri" harbiy kemasida taslim bo‘lganlik haqidagi hujjatni imzolash hodisasi sodir bo‘lgan kunga to‘g‘ri keladi.
25. Anne Frank va uning singlisi 1945 yilda, ozod bo‘lishlariga bir oy vaqt qolganda Bergen-Belzen lagerida vafot etdilar. Bu yerda 50 mingga yaqin odam nobud bo‘lgan. Lager bo‘shatilgach, askarlar bu yerda tarqalgan termala kasalligi avjolib ketmasligi uchun uni tag-tugi bilan yoqib yuborganlar.
26. «Yahudiylarning rad etilishi» nomli kitobida Devid Vayman (1929) kontsentratsion lagerni bombardimon qilishdan voz kechishga ittifoqchilarning yahudiylar taqdiriga befarqligi emas, balki operatsiyani amalga oshirishning iloji yo‘qligi sabab bo‘lgani haqida aytiladi.
27. Xavf o‘ta yuqori bo‘lishiga qaramay, minglab yahudiylar jangdan omon qolganlar. Misol uchun, Daniya tarkibidagi yahudiylar jamiyati to‘liq saqlanib qolgan. Raul Vallenberg (1912-1947), Oskar Shindler (1908-1974), Tiune Sugixara (1900-1986) kabi shaxslar minglab kishilar hayotini saqlab qolganlar.
27. 1940-1945 yillar davomida AQShning mudofaa byudjeti 1,9 mlrd. AQSh dollaridan 59,8 mlrd.gacha oshib ketgan.
28. Pearl-xarbourga hujum paytida 96 ta kema langar tashlagan holatda to‘xtab turardi. Ularning 18 nafari batamom yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, jumladan, sakkiz jangchi ham halok bo‘lgan. 2402 amerikalik askar vafot etgan, yana 1280 kishi yaralangan. Uch yuz ellikta samolyot yo‘q qilingan.
29. Havo kuchlari Ikkinchi jahon urushida qo‘shinning bir qismi bo‘lib, undan keyin ham qo‘shinning alohida bo‘lagi bo‘lmadi.
30. 1941 yilda odamlarning oylik ish haqi $ 21 edi. 1942 yilda esa bu ko‘rsatkich 50 dollarga ko‘tarilgan.
31. Nemis suvosti kemalari 2000 ta ittifoq kemalarini cho‘ktirib yuborgan va 781 dengiz osti kemasini yo‘q qilgan.
32. Ikkinchi jahon urushi paytida 650 mingdan ortiq jip mashinasi ishlab chiqarilgan. Amerika fabrikalarida 300 ming harbiy samolyot, 89 mingta tank, 3,000,000 ta avtomat va 7 000 000 qurol tayyorlangan edi.
33. Ikkinchi jahon urushida nemislar ilk marta jangovar samolyotlar, jumladan "Messershmitt Me-262" dan foydalanganlar. Biroq, ular harbiy harakatlarga ta’sir qila olmadi, sababi jang maydonlariga kechikib yetkazilgan edi.
34. Dunyoda yaratilgan eng kuchli artilleriya quroli aynan ikkinchi jahon urushida ishlatilgan. Uning bosh konstruktori esa Karl Bekker bo‘lib, keyinchalik aynan ixtirochining nomi bilan"Karl" deya atalgan. Ko‘pincha ruslarga qarshi ishlatilgan katta zambarak 2,5 tonnali to‘plar bilan 5kilometr uzoqlikdagi nishonni poylay olardi. Bundan tashqari qurol 2,5-3 metr qalinlikdagi beton devorlarni yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lgan.
35. Ikkinchi jahon urushi davrida inglizlarning BAM qisqartmasi - dengizda xizmat qilgan ayol askarlar uchun, NAM esa erkak askarlar uchun ishlatilgan.
36. Ikkinchi jahon urushi Yevropaning qudrati pasayishiga olib keldi, jahon qudratining markazi sifatida AQSh va Rossiya nomi tilga olina boshlandi. Bu Sovuq urush va yadroviy asrning boshlanishi uchun sharoitlar yaratgan sabablardan biri edi.
37. Ko‘pchilik tarixchilar Ikkinchi jahon urushi 1939 yilda Germaniya Polshaga hujum qilganidan so‘ng boshlanganini tasdiqlashadi. Boshqalari esa1931 yil 18-sentabrda Yaponiya Manjuriyaga hujum qilgan kun urush boshlanganini aytadilar. Ba’zi olimlar esa Ikkinchi jahon urushi aslida Birinchi jahon urushining davomi ekanini ta’kidlaydilar.