Oybek rashidov


  O‘rta  Osiyo  sivilizasiyasining  namunasi  bo‘lgan  ilk  yozuv  va  arxiv



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

1.  O‘rta  Osiyo  sivilizasiyasining  namunasi  bo‘lgan  ilk  yozuv  va  arxiv 
xujjatlarining  topilishi. 
Yozuv  ilk  sivilizatsiyaning  asosiy  belgisi  hisoblanadi. 
Insoniyat  tarixida  harflarga  asoslangan  yozuvga  mil.av.  II  ming  yillik  oxirida 
finikiyaliklar asos solgan. Shu yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo‘lgan. 
Turon  zaminda  yashagan  xalqlar  ham,  shu  jumladan,  o‘zbek  xalqi  behad  ko‘hna 
yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu 
yozuvlar o‘z sistemasiga ko‘ra, asosan, fonografik – harf-tovush yozuvidan iborat 
bo‘lgan.  O‘rta  Osiyoda  ham  arab  yozuviga  qadar  yunon,  oromiy  yozuvi  asosida 
paydo  bo‘lgan  qadimgi  baqtriya,  xorazmiy,  so‘g‘diy  yozuvlari  bo‘lganligi 
arxeologik manbalar asosida o‘z isbotini topmoqda. 
 
Oromiy  yozuvi  qadimgi  som  (finikiy)  yozuvi  asosida  paydo  bo‘lgan 
konsonant  (undosh)  deb  atalmish  yozuv  turidir.  U  mil.av.  1-ming  yillik  boshida 
yuzaga  kelgan.  Oromiy  alifbosi  faqat  undoshlarni  ifodalovchi  22  harfdan  tashkil 
topgan.  Oromiy  yozuvida  so‘zlar  bir  tik  chiziq  yoki  nuqta  bilan  ajratib  yozilgan. 
Keyinchalik esa so‘zlar o‘rtasida bo‘sh joy qoldirish yo‘li bilan ajratilgan. 
O‘rta Osiyoda oromiy xatining eng qadimgi namunasi mil.av V-IV asrga oid. 
Sopol  idish  –  xum  sirtiga  bitilgan  bu  yozuv  arxeolog  olim  M.Mambetullaev 
tomonidan Katta Oybuyirqal’a shahrini o‘rganish davomida topilgan. Mutaxassislar 
fikricha, bu xat bo‘lagi xorazm yozuvida emas, balki oromiyda bo‘lgan. Garchand 
shunday bo‘lsada, bu xat oromiy yozuvining Oks va Yaksart oralig‘idagi sarhadda 
tarqala boshlaganligining ilk namunasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi namunasida vujudga kelgan yozuvlardan yana 
biri  baqtriya  yozuvidir.  Baqtriya  yozuvi  va  tilining  tarix,  tilshunoslik  va 
sharqshunoslik fanlariga kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi 


14 
 
bilan bog‘liq. 1957 yilda shimoliy  Afg‘onistonning Bog‘lon hududidagi Surxko‘tal 
deb  nomlangan,  Kushon  podsholari  sharafiga  bitilgan  mahobatli  xatning  topilishi 
fanga  baqtriya  yozuvining  o‘rganilish  tarixini  boshlab  bergan  edi.  O‘zbekiston 
hududidagi  eng  dastlabki  baqtriya  yozuvlari  1962  yilda  arxeolog  B.Ya.  Staviskiy 
rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Baqtriya yozuvi 25 
ta  harfdan  iborat  bo‘lib,  chapdan  o‘nga  qarab  o‘qiladi.  Eng  qadimgi  baqtriya 
yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar sirasiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa, 
Qoratepa,  Ayritom,  Zartepa,  Dalvarzintepa,  Xotinrabot,  Xayitobodtepa  kiradi.  Bu 
manzilgohlardan  topilgan  yozuv  namunalari  Baqtriya  arxivi  deb  ataladi.  Bu  arxiv 
hujjatlari  namunalari  devorga,  toshga,  qayin  po‘stlog‘iga,  sopolga,  yog‘ochga,  
haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan. 
 Mintaqamizda  mavjud  bo‘lgan  qadimgi  yozuvlardan  yana  biri  xorazm 
yozuvidir. Olimlar xorazm tilini osetin va sug‘d tillari bilan birgalikda hind-evropa 
tillarining  qadimgi  massaget  va  skiff  (sak)  tillari  chatishishi  natijasida  vujudga 
kelgan  “shimoliy  eron”  deb  ataluvchi  sak-sarmat  guruhiga  kiritishadi.  Qadimgi  
xorazm    tilini  rus  olimi  V.A.Livshits  sug‘d  va  shimoliy-sharqiy  eron  tillari 
oralig‘idagi  o‘ziga  xos  til  bo‘lib,  uning  Parfiya,  Osetin  va  “Avesto”  tillari  bilan 
o‘zaro umumiyligi bor deb hisoblangan. 
Xorazm  hududlari  (quyi  Amudaryo  havzasi)  da  1937-yildan  boshlangan 
arxeologik qazishmalar davomida ko‘plab moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan 
bo‘lsada,  biroq xorazm tili va yozuvini o‘zida aks ettiruvchi topilmalar miloddan 
avvalgi  I-ming  yillikning  o‘rtalarigacha  bo‘lgan  madaniy  qatlamlarda  arxeologlar 
tomonidan  hanuzgacha  qayd  qilinmagan.  O‘rta  Osiyo  xalqlarining    eng  qadimgi 
yozuvi  bu  humning  sirtiga  tushirilgan  xorazm  tilidagi  qisqa  yozuvdir.    Bu  yozuv 
namunasi  Katta  Oybo‘yir  qal’a  shahar  harobasidan  topilgan  bo‘lib,    u  miloddan 
avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. 
Miloddan  avvalgi  IV  milodiy  I  asrlarga  taalluqli  Qo‘yqirilganqal’a 
yodgorligidan hum sirtiga bitilgan yozuv na’munasi topilib,  u oromiycha osonlikcha 
o‘qiladigan xat bilan o‘yib yozilgan  edi. Yozuv “Aspabarak”  yoki “  Aspabadak” 
deb o‘qiladi. Shubhasiz bu so‘z eronchadir. So‘zning ot o‘zagi ham, fe’l o‘zagi ham, 


15 
 
uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni  “otda ketayotgan” yoki “otda minib 
turgan”  (chavandoz)  deb  tarjima  qilish  mumkin.  Umuman  Qo‘yqirilganqal’a 
yozuvlarining  xronologik  chegarasi  miloddan  avvalgi  III-asrga,  eng  so‘ngilari 
miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.  
Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik 
materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib 
kelgan.  Shuningdek,  arxeologik  izlanishlar  jarayonida  Tuproqqal’a,  To‘qqal’a  va 
Misdaxkon  shahar-qal’alaridan  ham  juda  ko‘plab  yozuv  namunalari  arxivi 
topilganki,  qo‘lga  kiritilgan  boy  yozuv  yodgorliklari  qadimgi  Xorazmning  arab 
istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik  munosabatlari 
tarixini yanada teranroq idrok  etishga yordam beradi.   
Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu 
yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida 
(Zarafshon  vodiysi)  joylashgan  qadimgi  Sug‘diyonada  qo‘llanilgan.  Sug‘d 
yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi  O‘zbekistonda Samarqand 
yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan. 
 
Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar, 
asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII –VIII asrlarda sug‘dlar o‘z alifbolarini 
23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va 
alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12-
harfning  takroridan  iborat  bo‘lgan.  IV  asrning  boshlarida  ayrim  harflar  chiqib 
ketgan,  ayrim  harflar  esa  bir-biriga  o‘xshash  shaklda  yozila  borishi  natijasida  bir 
harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan. 
 
Umuman  olganda,  O‘rta  Osiyo  xalqlari  to‘g‘risidagi  ilk  yozma  hujjatli 
ma’lumotlar  majmuasini,  ya’ni  arxiv  hujjatlari  kolleksiyasiga:  qadimgi  Nisadagi 
Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan 
Divashtich arxivi kiradi.   
 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish