7- rasm. Oy fazalarining almashinishi
(1. Yangioy. 3. Birinchi chorak fazasi.
5. To’linoy. 7. Oxirgi chorak fazasi).
Oyning ma’Ium fazasidan (masalan, to’linoy fazasidan) ikki marta ketma-ket o’tishi orasidagi vaqt 29,53 sutkani tashkil etadi va u Oyning sinodik davri deyiladi. Sinodik davrning Oyning yul-duzlarga nisbatan aylanish davridan (siderik davr) uzunligiga sabab Yerning Quyosh atrofida aylanishidir.
Quyosh botgach, Oyning ingichka o’roq shaklida g’arb tomon-da birinchi ko’rinishi, xalq tilida, yangioy (yoki hilol) deyilib, bunday Oy odatda Oy boshidan keyin ikkinchi kuni ko’rinadi.
Bunday holatda Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismi ham xira kulrang shaklda ko’zga tashlanadi. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan qismining bunday xira ko’rinishi Yerdan qaytgan Quyosh nurlari bilan uning yoritilganligi tufayli sodir bo’ladi.
1. Quyosh tutilishi. Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to’sib oladi . Bunday hoi Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim Oyning yangioy holatida ro’y beradi. Bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida (O) qolsa, u Quyoshning qisqa vaqtga (bir necha daqiqa) butunlay ko’rmaydi, ya’ni Quyosh to’la tutiladi. Quyoshning to’la tutilishi osmonda juda chiroyli manzarani hosil qiladi. Bunda kuzatuvchi osmonda qop-qora Quyosh gardishi atroflda Quyosh «toji» deb nom olgan nozik kumushrang shu’la tovlanayotganini ko’radi. Shuningdek bu paytda kunduzi bo’lishiga qaramay, osmonda yorug’ yulduzlar va planetalar charaqlab ko’rinib qoladi.
Agar Yerdagi kuzatuvchi Oyning yarim soyasining ichida (A yoki B) qolsa, unda u Quyoshning bir qismini to’silgan holda ko’radi, ya’ni Quyosh qisman tutilayotgan bo’ladi. Ba’zan Quyoshning tutilishi halqasimon bo’ladi. Bunday hoi, tutilish pay-tida, Oy Yerdan eng katta uzoqlikda, Quyosh esa, aksincha, Yerga yaqin kelganda ro’y beradi. Chunki bunda Oyning ko’rinma diametri u to’sayotgan Quyoshning ko’rinma diametridan kichik bo’ladi.
Oy orbitasi ekliptika tekisligi bilan 5°9’ li burchak hosil qil-ganligi tufayli, tutilishlar, Quyosh bu ikki orbitaning kesishgan nuqtalari (Oy tugunlari deb ataladigan nuqtalar) yaqinidan o’tayot-gandagina kuzatiladi. Bunday hoi taxminan har yarim yilda kuzatilgani uchun ham, tutilishlar shunday davr bilan qaytariladi. Bunday hodisa Oy tutilishi deyiladi. Agar bunda Oy Yerning soyasi ichidan o’tsa, uni to’la tutilish; bordi-yu yarimsoyaning ichidan o’tsa, u holda uni yarimsoyali tutilish deyiladi. Oy tutilayotganda, u har doim to’linoy fazasida bo’ladi.
Yerning ma’lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari ko’proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo’lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa Yerning Quyoshga qarama-qarshi yarim sharining hamma qismida bir vaqtda ko’rinadi.
Oyning to’la tutilishi paytida (ya’ni u Yer soyasiga butunlay kirganda), Oy ko’zdan butunlay g’oyib bo’lmay, to’q qizil rangda jilolanadi. Buning sababi, bu paytda Yer atmosferasida sochilgan va singan Quyosh nurlari bilan Oyning yoritilishidir. Bunda Yer atmosferasi ko’k va havorang nurlarini kuchli yutib va keskin sochib yuborib, Oy tomonga asosan qizil nurlarni sindirib o’tkazadi va Oy aynan shu nurlar bilan yoritiladi va qizarib ko’rinadi.
Oy orbitasining ekliptika tekisligiga og’maligi (5°09’) tufayli, Oy va Quyosh tutilishlari yangioy va to’linoy paytlarida har doim ham kuzatilmaydi. 58 Qadimda Quyosh va Oy tutilayotganda, ularning yuqorida bayon qilingan ko’rinishlari kishilarda qo’rqinch va vahima uyg’otgan. Endi esa Quyosh va Oy tutilishlarining siri to’la fosh etilgan bo’lib, u hech kimda vahima tug’dirmaydi. Olimlar, Quyosh va Oy tutilishlarining bo’lish vaqtini bir necha yil oldindan aniq hisoblab berish metodlarini ishlab chiqqanlar. Ilovadagi jadvalda 2005- yilgacha ro’y beradigan Quyosh va Oy tutilishlarining vaqti keltirilgan. Tutilishlarni kuzatib, astronomlar, Quyoshning fizik tabiati, Yer atmosferasining tuzilishi va Oyning harakatiga doir qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritish imkoniga ega bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |