Reja - 1.Ovqatlanish
- 2.Vitaminlar
- 3. Homilador ayol va emizikli ona ovqati.
- 4. Ovqat ratsionini tuzish prinsiplari
- 5. Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya miqdorining har xil bо‘lishi
- 6.Birkunlikovqatratsionikalloriyasiningalohidaovqatlanishvaqtidataqsimlanishi(% hisobida)
- Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanadi
- Vitaminlar ratsionning juda muhim va oʻrnini bosib boʻlmaydigan tarkibiy kismidir. Ular organizmning normal hayot faoliyatini taʼminlab turadi, boshqa oziq moddalarning oʻzlashtirilishi jarayonida ishtirok etadi; organizmning tashqi muhitdagi turli zararli taʼsirotlarga koʻrsatadigan qarshiligini kuchaytiradi, odamning mehnat qobiliyatini oshiradi
- Homilador ayol va emizikli ona ovqati. Homiladorlik oqsillar, qisman yogʻlar, kalsiy, fosforga boʻlgan ehtiyoj ortadi. Homilador ayol bajarayotgan ishining harak-teriga va vazniga qarab sutkasiga 100— 120 g , asosan, oson singadigan va toʻla qimmatli oqsil qabul qilishi, shuning , taxminan 65 g hayvon oqsili boʻlishi, sut, tvorog , pishloq, baliq, goʻsht (goʻshtning yogʻsiz xilini qaynatib pi-shirilgan holda) isteʼmol qilish lo-zim. Har kuni sut ichib turish homila-dor ayol organizmini zarur miqdordagi oqsil, kalsiy va fosfor bilan taʼminlab boradi. Homilador ayol ovkati vitaminlarga ham boy boʻlishi kerak. Ular organizmi koʻproq temir moddasiga muh-toj boʻladi. Jigar, tuxum sarigʻi, osh-koʻklar, mevalar temirga ayniqsa boy. Homiladorlik davrida osh tuzini or-tiqcha isteʼmol qilmaslik, semirishga moyil ayollar esa yogʻ, uglevodlarni kam-roq isteʼmol qilishi zarur.
Ovqat ratsionini tuzish prinsiplari - Ovqat ratsionini tuzish prinsiplari
- Odam uchun ovqat ratsioni (ma’lum muddatda beriladigan ovqat) tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilinmog‘i lozim. Bir kunda yeyiladigan ovqat sarf etiladigan energiya miqdorini qoplaydigan bо‘lishi kerak. Ovqat ratsionini tuzishda shaxsning bajaradigan ish turiga monand (bolalar uchun yoshiga) holda yetarli miqdorda oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning bо‘lishi hisobga olinishi kerak. Tо‘rt mahal ovqatlanish eng yaxshi rejim hisoblanadi. Birinchi, ertalabki nonushta umumiy kaloriyaning 10-15% ini, ikkinchi nonushta 15-35% ini, tushki ovqat 40-50% ini va kechki ovqatlanish 15-20% ini tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Oqsilga boy bо‘lgan oziq moddalari(gо‘sht, baliq, tuxum) nonushta va tushki ovqatlanishda tanovul qilingani ma’qul. Kechki ovqatlanish uchun esa sut-kо‘kat mahsulotlari qoldirilishi zarur. Organizmga kirayotgan oqsil va yog‘larning kamida 50 % chorva maxsulotlaridan iborat bо‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda taom ratsioniga yetarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirishi kerak.
Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya miqdorining har xil bо‘lishi - Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya miqdorining har xil bо‘lishi
- Odam harakat qilganida energiya kо‘p sarflanadi. Sarflangan energiya ish turiga qarab xar xil bо‘ladi. Turli ishlar vaqtida sarflanadigan energiya miqdorini bilish katta axamiyatga ega. Turli kasbda ishlaydigan kishilarning sarflaydigan energiyasi miqdorini bilish о‘sha kishilar uchun ovqat normalarini aniqlashga imkon beradi. Kasbga qarab sarflanadigan energiya miqdorini aniqlash uchun odamlarni quyidagi gruppalarga bо‘lish mumkin.
- Birinchi gruppa. Zо‘r muskul ishi talab qilmaydigan kasbdagi kishilar, idora xizmatchilari, tikuvchilar, mexaniklar, о‘qituvchilar, vrachlar. Ular bir kunda 2600-2800 kal energiya sarflaydi.
- Ikkinchi gruppa. О‘rtacha muskul ishi bilan shug‘ullanuvchi kishilar: etikdо‘zlar,pochta xizmatchilari (xat tashuvchilar), laboratoriya xodimlari. Ular bir kunda 3000 kal va undan ortiq energiya sarflaydi.
- Uchinchi gruppa. Og‘ir jismoniy ish bajaruvchi kishilar: metallchilar, bо‘yoqchilar, duradgorlar. Bu kasbdagi kishilar bir kunda 3500-4000 kal energiya sarflaydi.
- Tо‘rtinchi gruppa. Juda og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanuvchi kishilar. Ular bir kunda 5000 kal va undan kо‘p energiya sarflaydi.
Birkunlikovqatratsionikalloriyasiningalohidaovqatlanishvaqtidataqsimlanishi(% hisobida)
Ovqatlanish
vaqti
|
Kichikyoshdagio’quvchilar
|
Kattayoshdagio’quvchilar
|
Nonushta
|
20-25
|
25-30
|
Tushlik
|
30-35
|
35-40
|
Ikkinchitushlik
|
20
|
10-15
|
Kechkiovqat
|
20-25
|
15-20
|
Etiboringiz uchun kattakon rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |