Visual Studio 2012. Visual Studio 2012 - bu versiya ham 2010 yildagi tahrirdan tarqalgan, Visual Studio 2012 Expressga qilingan o’zgarishlar – barcha dasturlash tillari o’rnatildi, oldindan mavjud bo’lganlariga (Visual Basic 2010 Express va Visual C# 2010 Expresslarga) alohida paket sifatida beshta muhim versiya: Visual Studio Express 2012 Web, Visual Studio Express 2012 Windows 8, Visual Studio Express 2012 Windows Desktop, Visual Studio Express 2012 Windows Phone va Visual Studio Express Team Foundation Server Express 2012 lar qo’shildi. Bu versiyalarning har biri alohida ilova sifatida tarqatiladi. Visual Studio Express 2012 Windows 8 Windows Store uchun Modern-interfeysidagi ilovalarga ishlov berishga imkonbersa, Visual Studio Express 2012 Windows Desktop esa Ishchi Stol uchun ilovalarga “klassik” ishlov berishga imkon beradi. Visual Studio 2012 yordami bilan C++ da faqat Windows 7 SP1 va Windows 8 lar uchun ilovalarga ishlov berish mumkin. Buni to’g’rilash uchun, ilovani kompilyatsiya qilishda Windows XP uchun ishga yuritish kerak.
Visual Studio 2013. Visual Studio 2013 2013-yil 17-oktabrda .NET 4.5.1 bilan birgalikda ishga tushirilgan. Biz ushbu kitobda ushbu versiya yordamida kerakli ilovalarni yaratishni ko’rib chiqamiz va uning imkoniyatlari haqida to’liqroq keyin to’xtalamiz.
Visual Studio 2015. 2014-yilning 12-noyabrida mahsulotning qat’iy varianti sifatida “Visual Studio 2015” ni qabul qildi. Visual Studio 2015 uch tahrirni taqdim etdi: bepul hisoblangan – barcha Express versiyalari, pullik hisoblangan kichik loyihalar yaratish uchun Professional Edition hamda katta loyihalar uchun Enterprise Edition. Birinchi CTP 2014-yilning 2-iyunida ishlab chiqilgan, keyinroq 2015-yilning 29-aprelida Release Candidate ishlab chiqildi.
Yuqorida biz Visual Studioning bir qancha versiyalarini ko’rib o’tdik va e’tibor berdikki, ularning har biri qandaydir OSning turlariga bog’liq ravishda ishalaydi. Shunday ekan, eng avvalo, siz ulardan qay birini tanlashingiz, kompyuteringizning OSiga, uning ichki qurilmalarining xotirasiga bog’liq bo’ladi. Siz bu versiyalarni Microsoftning sayti bo’lmish www.microsoft.com dan uning litsenziyalangan versiyasini ko’chirib olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, ba’zi saytlarda uning noqonuniy versiyalari (“qaroqchi versiyalar”) ham uchrab turadi. Bu paketlar to’liq holda bo’lmaydi, balki ishlashida ham muammolari bo’lishi mumkin. Shuning uchun faqatgina rasmiy nusxasidan foydalangan ma’qul.
C# tili – C tilllar oilasiga kiradi va u C, Java, Visual Basic tillari asosida gibridlangan.
C# tili sintaksisi haqida gapirsak, xuddi Java va Visual Basic 6 kabidir. Agar biz Microsoftning mahsuloti bo’lmish .NET Framework 4.0 Framework Software Development Kit (SDK) yoki Visual Studio 2010, 2013 ni o’rnatsak, .NET platformasi asosida C#, F#, Jscript .NET, Visual Basic, C++/CLI tillarida dasturiy mahsulot yaratishimiz mumkin. Bu yerda CLI (Common Language Infrastructure – umumtilli infrastruktura) - C++ kabi .NET platformasiga bog’langan. Aniqrog’i garchi .NET platformasi kabi bo’lsa ham, bazada C# funksionalliklaridir. Bu platforma faqat Windows oilasiga qarashli OSlar uchun emas, balki boshqa operatsion tizimlar uchun ham, hattoki u Microsoft mahsuloti va Windows OS bo’lmasligi mumkin, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqara oladi. Bu tizimlarga Mac OS X, UNIX, Linuxlarni kiritishimiz mumkin. Platforma boshqa dasuriy ta’minotlar bilan o’zaro bog’likni ta’minlaydi. .NET platformasida ilovalarni juda ko’plab tillar yordamida yaratish mumkin, ularga C#, F#, S#, Visual Basic va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |