O‘n ikki barmoq ichak- ingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lib, uzunligi 25–30 sm yoki o‘n ikkita barmoqning ko‘ndalangiga teng.
Och ichak –o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, ingichka ichakning 3/5 qismini tashkil qiladi.
Yonbosh ichak – ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil qiladi.
Me’da osti bezi, me’daning orqa sohasida I–II bel umurtqalari qarshisida ko‘ndalang joylashgan. Me’da osti bezi og‘irligi 70–90 g bo‘lib, uch qism (bosh, tana va dum) dan iborat: boshi, ilgaksimon o‘simtasi bilan, tanasi va dumi. Bezning bosh qismini o‘rab olgan o‘n ikki barmoq ichak taqa shaklida joylashgan.
Jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi hisoblanadi. Jigar qorin qismini devori o’ng tomonida joylashib, diafragmaga tegib turadi. Uning og’irligi 1500 g bo‘ladi. Uning uzunligi 20-22 sm, eni 10-12 sm, qalinligi 7-8 sm. Jigarda chap (kichik) va o’ng (katta) bo’lagi bo‘lib, jigar darvozasidan jigar arteriyasi, darvoza vena jigar yo’li, limfa tomirlari va nervlari o‘tadi. Shu yo’l orqali jigardan limfa qon tomiri, venasi chiqadi va jigardan chiqqan qon pastki kovak venaga quyiladi. Jigar ovqat hazm qilishda o’t ishlab beradi.
Moddalar almashinuvida glikogen hosil qiladi hamda hazm jarayonida hosil bo‘lgan zararli moddalarni zararsizlantiradi jigarni orqa qismidan pastki kovak vena tegib turadi, oldingi qismida o’t pufagi yetadi. Jigar o’t suyuqligi ishlab beradi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. Bir sutkada o’t 800-1200 ml ishlanadi o’t suyuqligi faqat ovqat hazm qilish vaqtida ichakka quyiladi. Uning reaksiyasi ishqoriydir.
Bilirubin pigmenti jigarda gemoglobinni parchalanishdan hosil bo‘ladi va ichakka undan qonga o’tib urobilin ko’rinishida siydik orqali chiqariladi, Bilorubinni ko’p qismi axlatga rang beradigan terkobilin ko’rinishda tashqariga chiqariladi. O‘t yo‘llari kasallanganda, o‘t suyuqligi ichakka o‘tmaydi, o‘t va u pigmentlar qonga o‘tib teri va ko‘z oq pardasini sariq ranga keltiradi. O’tning asosiy vazifasi ichak shirasidagi va me’da osti bezining shirasidagi lipazani aktivlashtiradi. O’t yog‘larni emulsiya holiga keltiradi, yog‘lar va vitamin K-ning so‘rilishida qatnashadi, ichak harakatini peristaltikasini me’da osti bezidan shira ajralishini kuchaytiradi va o’t ichakka o’tgach kislotali ovqat butkasini neytrallaydi. Ovqat iste’mol qilingandan so‘ng o’t, 12 barmoqli ichakka o‘tadi: go‘shtga 8 minutdan so‘ng, nonga - 12 minutdan so‘ng, sutga 3 minutdan so‘ng o’t chiqadi. O‘t 12 barmoqli ichakka go’sht va sut is’temol qilganda 5-7 soat davomida, non yeyilganda 8-9 soatdan keyin quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |