Shunday qilib, diskretlangan signaldan analog signalni qayta tiklash mumkin. Analog signalni tiklashda ma’lum bir qoidalarga rioya qilish talab etiladi.
Diskretizatsiya chastotasi signal maksimal chastotasining 2 baravaridan katta bo‘lishi kerak. Shundagina analog signalni buzilishlarsiz qayta tiklash mumkin bo‘ladi.
Masalan, telefon kanali chastotasini olaylik, 0,3-3,4 kGs. Ya’ni Fmax =3,4 kGs, unda, signal 6,8 kGs chastotada diskretlanadi ya’ni, 1 sekundda 6,8 mingta “otschet” yuborilishi kerak.
Diskretizatsiya chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, demak signal shunchalik aniqlikda diskretlanadi va qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |