Qisqartirish sifati
JPEG moslashtirilgan tasvirlar yani fotosurat va shunga o’hshash tasvirlarni juda yahshi qisqartiradi. Odatda to’liq rangli qisqartirilmagan tasvir 24-bit piksel bilan ifodalanadi. Eng yahshi, yo’qotishsiz bo’lgan qisqartirish usuli orqali bunday tasvirni o’rtacha 2:1 nisbat bilan qisqartirish mumkin. JPEG esa 10:1 dan 20:1gacha nisbatlar bilan ko’ruvchiga sezilmas darajada qisqartiradi. 30:1 dan 50 gacha nisbatlarda biroz o’zgarishlar seziladi. Sifatning ahamiyati bo’lmagan holatlarda masalan shunchaki ko’rish yoki arhivlash maqsadlarida 100:1 nisbatda qisqartirish ham qo’llaniladi.
Solishtirish uchun, huddi o’sha to’liq rangli tasvirni GIF versiyasini hosil qilish uchun ko’pchilik ranglarni yo’qotish hisobiga umumiy ranglar 256 taga (yani 8 bit/pikcel) kamaytirishga tog’ri keladi. Bu 3:1 nisbat bo’yicha qisqartirishni tashkil etadi. GIFda 5:1 nisbatda qisqartira olish imkoniga ega “LZW” qisqartirish usuli ham mavjud bo’lib undan oddiy tasvirlarni qisqartirishda foydalanish mumkin. Lekin bu usul fotosuratlarda unchalik samarali hisoblanmaydi.
Rangsiz tasvirlarni yoqorida aytib o’tganimiz kabi katta ko’rsatkichlar bilan qisqartirib bo’lmaydi. Chunki, inson ko’zi ko’p rangli ifodalanishdan ko’ra, ravshanlikni yahshiroq ajratadi. JPEG esa rangli tasvrilarni rangsiz tasvirlarga nisbatan qiyinroq qisqartiradi. Ayni bir suratni JPEGdagi rangsiz ko’rinishi to’liq rangli holatiga nisbatan 10-25 % kichikroq bo’lishi mumkin. Biroq qisqartirilmagan rangsiz tasvir faqatgina 8 bit/pikcel, yoki rangli tasvirni uchdan biriga teng bo’ladi. Shuning uchun qisqartirish nisbati kam bo’ladi. Rangsiz suratlarda yoqotilishning sezilish darajasi 5:1 nisbatdan boshlanadi.
Yoqotilishning yanada aniqroq darajasini bilish bu foydalanuvchining ko’rish sharoitiga bog’liq. Maydaroq piksellarda hatolikni payqash qiyinroq bo’ladi, bu ko’p hollarda kompyuter displeyiga bog’liq bo’ladi. Qisqartirish nisbati ekran holatidan kelib chiqadi, qolaversa tasvir bo’yicha ham belgilanishi mumkin.
JPEGda sifat darajasini belgilash faylning umumiy hajmini o’zgartirish imkonini beradi. JPEG bo’yicha sifat darajasini belgilash standardlashtirilmagan bo’lib, bu dasturlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, Apple dasturlarida 0-100 gacha bo’lgan o’lchov bilan belgilansa, Adobe Photoshop sonli belgilashdan foydalanmagan holda faqat “yuqori”, “o’rta”, va “past” belgilashlaridan foydalaniladi.
Sifat darajasini belgilashni dasturlar bo’yicha farqlanishi, JPEGdan foydalanishda hech qanday muammo tug’dirmaydi. Agar siz bir muhit dasturida hosil qilgan tasviringizni sifat darajasi 75 bo’lsa, bu fayl boshqa bir muhit dasturiga o’tishida uning avvalgi 75 sifat belgisi dasturning belgilash usuli bo’yicha ifodalanadi.
Tasvirning sifat belgisini belgilash ko’p hollarda undan faydalanishga bog’liq bo’ladi. Agar sifat o’lchovini 100 dep oladigan bo’lsak, 75 da tasvir uchun etarli bo’ladi. Bu belgilash tasvir sifatiga ta’sir qiladigan bo’lsa, u holda sifat darajasini oshirish yoki pasaytirish imkoni har doim mavjud. Shuni nazarda tutish lozimki, agar tasvir sifat darajasi 100 bilan belgilansa, bu tasvirning asl hajmiga nisbatan 2 yoki 3 barobar katta hajmdagi faylni hosil qilishi mumkin. Bu belgilash faqat tajriba maqsadlari uchun mo’ljallangan.
Web tarmog’ida ishlatiladigan tasvirlarda uning sifatini pastroq qilish maqsadga muvofiq chunki, bu sahifani yuklash vaqtini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |