Oвid haydarov



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/103
Sana23.06.2021
Hajmi1,27 Mb.
#99065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz  
 
 
                                                           
1
 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Тошкент, «Ўзбекистон», 1999, 7-жилд. 304-б.
 


15 
 
Mavzu: FUQAROLIK JAMIYATI G‗OYALARI 
EVOLYUTSIYASI 
 
Reja: 
1.Fuqarolik  jamiyati  tushunchasining  tarixiy  ildizlari.  Fuqarolik 
jamiyatining antik paradigmasi 
2.Sharq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati haqidagi ilk qarashlar 
3.Yangi  davrda  fuqarolik  jamiyatining  paradigmalarini  yaratilishi. 
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari. 
 
Tayanch so‗z va iboralar:  
Avesto,  ideal  davlat,  xususiy  mulk,  jamiyat  va  davlat,  odil    hukmdor, 
adolat  va  qonun  ustuvorligi,  fuqarolik  jamiyati  faqat  mustaqil  mamlakat 
doirasida  amalga  oshishi,  formatsion  va  sivilizatsion  yondoshuvlar, 
modernizatsiya  konsepsiyasi,  fuqarolik  jamiyatining  davlat  va  jamiyat 
dixotomiyasi,  
 
1.Insoniyat  taraqqiyotining  barcha  davrlarida  fuqarolik  jamiyatini 
qurish  eng  ezgu  g‗oya  sifatida  amal  qilgan.  Unga  erishish  uchun  turli 
darajadagi  nazariy  qarashlar  ilgari  surilgan.  Bir  guruh  olimlar  fuqarolik 
jamiyatini  qurish  g‗oyasi  G‗arb  tamadduni  mahsuli  sifatida  amaliyotga 
tadbiq  etilmoqda  deb  hisoblamoqdalar,  aslida  Sharq  mamlakatalari 
mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari 
shakllangan. 
Ijtimoiy  taraqqiyotning  ma‘lum  davrlarida  sharq 
mamlakatlari  yetakchilik  mavqeini  egallagan.  Har  qanday  fan,  o‗z 
mohiyatiga  ko‗ra  umumbashariydir.  Dunyo  xalqlari  katta-kichikligidan 
qat‘iy  nazar  uning  rivojiga  hissalarini  qo‗shgan.  Shu  nuqtai  nazardan 
fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  va  rivojlantirish  to‗g‗risidagi  g‗oyalar, 
bilimlarni bir yoqlama bo‗rttirish yoki kamsitish noto‗g‗ri yondoshuvdir. 
Fuqarolik  jamiyati  va  uning  tushunchalari  Markaziy  Osiyo  ijtimoiy-
siyosiy  va  ma‘naviy  hayotining  yorqin  namunasi  ―Avesto‖  muqaddas 
kitobida  keltirilgan.  Avestoning  ―Yashtlar‖,  ―Vispirat‖,  ―Vididod‖ 
qismlarida  oila  va  jamoada  berilgan  so‗zdan  yoki  qasamdan  voz  kechish, 
odamlar  o‗rtasida  tuzilgan  ahdnomani  buzish  katta  gunoh  ekanligi  o‗z 
ifodasini topgan. Xususan, ―O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun 
mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga 
putur  etkazadi‖,  ―O  Spitama,  ahdingni  buzma...‖  g‗oyalari  davlatlar 
siyosiy  tizimining  huquqiy  asosi,  adolat  manbai  bo‗lib,  ular  Rim 
huquqidan ham qadimiyroqdir.  


16 
 
Avestodagi  fuqarolik  jamiyatini  qurishning  birlamchi  omili  erkak  va 
ayolning  teng  huquqliligi,  oilaning  barqarorligini  ta‘minlash  g‗oyasi 
bugungi  kunda  ham  muhim  ahamiyatga  ega  bo‗lib,  bugun  O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarda  ayollarning 
teng imkoniyati va keng huquqlari ta‘minlangan.  
Fuqarolik  jamiyati  konsepsiyasining  Yevropacha  an‘anasi  antik 
ildizlarga ega. Mazkur an‘ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki 
shaxsni  ijtimoiy-axloqiy  nuqtai  nazardan  baholash  bilan  bog‗liq  edi. 
Bunga Platon, Aristotel, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol 
qilib keltirish mumkin.  
Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta‘limotida jamiyat va davlat 
fenomenlarining  uzviyligi  qadimgi  yunon  dunyoqarashining  muhim 
xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi.  Xususan,  Platonning  (mil.  av.  427–347 
y.)  ―Davlat‖  dialogida  fuqarolarning  shaxsiy  va  ijtimoiy  hayotini 
ajratishgina  emas,  ijtimoiy  sohani  hozirgidek  zamonaviy  talqinda,  siyosiy 
faollik  sifatida  tushunilgan.  Bunda  jamiyat  hayotining  siyosiy  jihatlari, 
fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‗ladi. 
Fuqarolik  jamiyati  g‗oyasining  keyingi  rivoji  Platonning  shogirdi 
Aristotel  (mil.  av.  384–322  y.)  ijodi  bilan  bog‗liq.  Ustozi  kabi  Aristotel 
ham  eng  mukammal  jamiyat  g‗oyasini  ishlab  chiqishga  diqqat  e‘tiborini 
qaratadi,  biroq  fuqarolik  jamiyati  g‗oyalari  tarkibida  bu  masala  o‗zgacha 
nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‗proq ijtimoiy transformatsiya emas, 
balki  davlat  tuzilmasidagi  o‗zgarishlar  qiziqtiradi.  Bundan  tashqari 
Aristotel    o‗zining  nazariy  ishlanmalarida  davlat  haqidagi  mavhum 
g‗oyaga tayanishni emas, jumladan Platonga xos bo‗lgan, balki voqe‘likda 
mavjud  bo‗lgan  boshqaruv  shakllarini  solishtirish,  qiyosiy  tahlil  qilishga 
tayanadi,  bu  jihat  esa  uning  davlat  va  jamiyat  borasidagi  pozitsiyasini 
konkretroq bo‗lishini ta‘minlaydi.  
Platondan farqli o‗laroq, Aristotel xususiy mulkni e‘tirof etadi. Chunki 
u inson tabiatiga xos bo‗lib, odamlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlarning 
o‗zagini  tashkil  etadi.  Aristotel  mulk  huquqining  fuqarolar  farovonligi, 
davlat  va  uning  boshqaruv  shakli  xavfsizligi,  qonunchilik  organi  ishida 
fuqarolarning  ishtiroki  mexanizmi,  lavozimlarni  egallash  va  vazifalarni 
bajarish,  sud  organlari  ishidagi  rolini  atroflicha  o‗rgangan.  Huquqni 
Aristotel  adolat  mezoni  deb  hisoblagan  va  unga  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni  muhofaza qiluvchi institut sifatida 
yondashgan.  Aristotel  fikriga  ko‗ra,  siyosiy  boshqaruv  –  bu  odamlarning 
emas,  balki  qonun  boshqaruvidir:  hatto  eng  yaxshi  hukmdorlar  ham 


17 
 
tuyg‗ular  va  hissiyotga  beriluvchan  bo‗ladi,  qonun  esa  «oqilona 
tafakkur»dir. 
Qadimgi Rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) 
ham  jamiyat  va  davlat  (respublika)ni  tenglashtiradi.  Davlatni  u  umumiy 
manfaatlar  bilan  o‗zaro  bog‗langan  odamlar  majmui  sifatida  tasavvur 
qiladi,  davlat  xalqning  umumiy  mulki  hisoblanadi  va  odamlar  birgalikda 
yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni 
muhofaza  qilishdan  iborat.  Davlat  ayni  shu  maqsadda  tashkil  etiladi. 
Sitseronning fikriga ko‗ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya 
va demokratiya) unsurlarini  o‗zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng 
ideal  davlatdir.  Faqat  shunday  davlatda  har  bir  jamiyat  a‘zosining 
manfaatlarini  qondirish  va  u  davlatni  boshqarishda  ishtirok  etishi 
ta‘minlanadi.  «Davlatning  mustahkamligi  va  fuqarolarning  huquqiy 
tengligi»  bunday  davlat  tuzumining  muhim  fazilati  deb  hisoblaydi. 
Sitseronning  «Davlat  haqida»  va  «Qonunlar  haqida»  asarlari  davlat  va 
huquq  muammolariga  bag‗ishlangan.  Davlat  Sitseron  talqinida  qadimgi 
yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin 
a‘zolari  umummanfaat  ifodasi  sifatidagina  emas,  balki  bu  a‘zolarning 
o‗zaro  kelishilgan  huquqiy  munosabatlari  majmui,  muayyan  huquqiy 
tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‗ladi. 
Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‗lib huquqiy tus beradi, 
bu  ta‘limot  keyinchalik  juda  ko‗p  mutafakkirlar,  shu  jumladan  «huquqiy 
davlat» g‗oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e‘tirof etiladi. 
Sitseron konsepsiyasiga ko‗ra, ―fuqarolik jamiyati‖ g‗oyasi antik davr 
uchun  klassik  ahamiyatga  ega  bo‗ladi,  bu  o‗z  navbatida  yangi  davrda 
shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‗ladi. Ko‗pgina ekspertlar fikricha, 
aynan  Sitseronning  ijtimoiy-siyosiy  ta‘limotida  ―fuqarolik  jamiyati‖ 
o‗zining tushunchaviy asoslariga ega bo‗ladi.  
2.  Insoniyat  taraqqqiyotining  o‘rta  asrlar  deb  ataluvchi  davrida 
Sharqda ijtimoiy adolat, ma‘rifat va tenglik nafaqat nazariy me‘yor, balki 
amaliy  hayot  me‘yori,  ijtimoiy-  siyosiy  muammolar  yechimini  topish  va 
jamoa  bo‗lib  yashashning  asosi  sifatida  tushunilgan,  fuqarolik  jamiyatini 
shakllantirishning  ma‘rifat  yo‗li  tanlangan  bo‗lsa,  Yevropa  ijtimoiy-
siyosiy  tafakkurida  esa  nasroniylarning  diniy  dogmatikasi  hukmronlik 
qilib, diniy va dunyoviy manfaatlar o‗rtasida kurash ketgan. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish