Qisqacha xulosalar
Xodimlar mehnatiga haq to’lash, ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat
resurslarining bahosi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich sarflangan mehnatning
miqdori va sifati bilan belgilanadi. Lekin shu bilan birga unga sof bozor omillari
bo’lgan mehnat talabi va taklifi, vujudga kelgan kon’yunktura, hududiy omillar va
huquqiy me’yorlar ta’sir ko’rsatadi.
Rejadagi ish xaqi fondi – korxona tomonidan ishlab chiqarish rejasiga
asosan ishchilarning mehnati evaziga to’lanadigan pul mablag’lari summasidir.
Ish
haqi
fondi
ishchilarning
barcha
kategoriyalari
bo’yicha
rejalashtiriladi. Ishchilar ish haqini hisoblashda 3 xil ish haqi fondi hisoblanadi.
1) Soatli ish haqi fondi.
2) Kunlik ish xaqi fondi.
3) Oylik (yillik) ish xaqi fondi.
Bu fondlar haqiqiy bajarilgan ishlar uchun to’lovlar (tarif ish haqi fondi) va
ruhsat etilgan uzilishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lovlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |