Nazorat uchun savollar:
1) Ish haqi fondi tarkibi qanday to’lovlardan iborat bo’ladi?
2) Ish haqi fondini rejalashtirish nimani ko’zda tutadi?
3) Soatli ish haqi fondi qanday aniqlanadi?
4) Kunlik ish haqi fondi qanday aniqlanadi?
5) Oylik ish haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar qanday aniqlanadi?
6) Yiriklashtirilgan usulda ish haqi fondini rejalashtirish qanday tartibda amalga
oshiriladi?
7) Ta’rifsiz ish haqi tizimini hisoblash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Test savollari:
1. Ishbay ish haqi shaklida mehnatga haq to’lashga quyidagilar xosdir.
A. Tayyorlangan mahsulot hajmi va ko’rsatilgan xizmatlar soni;
B. Ishlangan ish soatlari;
C. Lavozim okladlari va oylik maoshlar;
Muallif - O.A.Amanov
D. A va B javoblar to’g’ri.
2. Korxonaning ish haqi fondi quyidagilardan iborat bo’ladi:
A. Asosiy ish haqi va mukofotlardan;
B. Asosiy va qo’shimcha ish haqidan;
C. Faqat asosiy ish haqidan;
D. A va B javoblar to’g’ri.
3. Qaysi ish haqi fondi kunlik ruxsat etilgan imtiyozli uzilishlar uchun
qo’shimcha to’lovlarni e’tiborga oladi.
A. Soatlik;
B. Oylik;
C. Kunlik;
D. Yillik.
4. Soatlik ish haqi tarkibiga quyidagilar kiradi:
A. To’g’ri ish haqi fondi, o’smirlarga qisqartirilgan soatlar uchun to’lov,
mukofotlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik uchun to’lov,
bayram kunlari ishlaganlik uchun to’lov;
B. Mehnat ta’tili uchun to’lov, to’g’ri ish haqi fondi, o’smirlarga qisqartirilgan
soatlar uchun to’lov, mukofotlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird
tayyorlaganlik uchun to’lov;
C. Xizmat safari uchun to’lov, ishbay ish haqi fondi, vaqtbay ish haqi fondi,
mukofot, tungi soatda ishlanganlik uchun to’lovlar, brigadirlik uchun to’lov,
shogird tayyorlaganlik uchun to’lov;
D. Ishbay ish haqi fondi, vaqtbay ish haqi fondi, mukofot, tungi soatda
ishlanganlik uchun to’lovlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik
uchun to’lov, bayram kunlari ishlaganlik uchun to’lov.
5. Ishlab chiqarish uchastkasida 5 ta o’smir ishlaydi, ularning o’rtacha ta’rif
stavkasi 620 so’mga teng. Yildagi ish kunlari soni 240 kun. O’smirlar uchun
qo’shimcha to’lov summasini aniqlang.
A. 550 000 so’m;
B. 744000 so’m;
C. 645000 so’m;
D. 600 000 so’m.
6. O’rtacha kunlik ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
A. Ish haqining kunlik fondi jami ishlangan ish soatlariga bo’linadi;
B. Ish haqining kunlik fondi jami ishlangan kishi kunlarga bo’linadi;
C. Ish haqining soatlik fondi jami ishlangan ish soatlariga bo’linadi;
D. Ish haqining oylik fondi ishlangan kishi soatlariga bo’linadi.
7. Korxonaning ish haqi fondini rejalashtirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi. To’g’ri tartibni belgilang.
A. To’g’ri ish haqi fondi, soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik yoki
yillik ish haqi fondi;
B. Soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik yoki yillik ish haqi fondi;
C. Kunlik ish haqi fondi, oylik ish haqi fondi va yillik ish haqi fondi;
Do'stlaringiz bilan baham: |