Nazorat uchun savollar:
1) Quvvat deganda nimani tushunasiz?
2) Quvvatning qanday turlari mavjud?
3) Quvvatni hisoblash uchun qanday boshlang’ich ma’lumotlar zarur bo’ladi?
4) Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirishning qanday usullari mavjud?
5) Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni qanday ko’rsatkichlar ifodalaydi?
6) Smenali koeffitsienti qanday aniqlanadi?
7) Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni oshirishning qanday yo’nalishlari
mavjud?
Test savollari:
Muallif - O.A.Amanov
1. Ishlab chiqarish quvvati – bu?
A. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil
etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan
mahsulot, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishdir;
B. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil
etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali erishilishi mumkin bo’lgan yuqori
foyda miqdoridir;
C. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil
etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan
mahsulotning real miqdoridir;
D. Barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or texnologiya, mehnatni tashkil
etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan
mahsulot ish va hizmatlarning maksimal miqdoridir.
2. Ishlab chiqarish quvvatining quyidagi turlari mavjud?
A. Nazariy quvvat;
B. Amaliy quvvat;
C. Normal quvvat;
D. Barcha javoblar to’g’ri.
3. Korxonada ish kuni davomiyligi 8 soat bo‘lib, bundan 1 soat rejali
ta’mirlash tanaffuslariga ajratilgan. Jihozning pasporti bo‘yicha uning soatlik
unumdorligi 50 ta mahsulot. Jihozning haqiqiy ish vaqti davomiyligi 6 soatga teng
bo‘lib, bu vaqt davomida 234 ta mahsulot tayyorlangan. Jihozdan ekstensiv va
intensiv hamda integral foydalanish koeffitsientini aniqlang.
A. 1; 0,25; 0, 95;
B. 0,67; 0,78; 0,857;
C. 0,857; 0,78;0,67;
D. 0,80; 0,65; 0,67.
4. Yil boshidagi ishlab chiqarish quvvati 18200 ming so‘mni tashkil
etadi.Ishlab chiqarish quvvati 1-apreldan 400 ming so‘mga, 1-iyuldan 340 ming
so‘mga, 1-noyabrdan 300 ming so‘mga o‘sishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 1-
iyundan ishlab chiqarish quvvati 120 ming so‘mga, 1-sentyabrdan 180 ming so‘mga
kamayishi rejalashtiriladi.O‘rtacha yillik quvvat va chiqish quvvati quyidagiga teng
bo‘ladi:
A. 18590;18940;
B. 18640;18940;
C. 18610;189204;
D. 18520;181870.
5. ... korxona ish vaqtidan foydalanish darajasini ifodalaydi.
A. Smena davomiyligi;
B. Smenalik koeffitsienti;
C. Jihoz unumdorligi;
D. Ishlab chiqarish normasini bajarish koeffitsienti.
6. Etakchi sexda 10 ta jihoz o‘rnatilgan bo‘lib, bir jihozning soatlik
unumdorligi 12 ta mahsulot. Jihozlarning yildagi ish vaqti fondi 42000 soatni tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: |