Agar shuning maqsadingi ushbu 3 ta mezonga javob bersa, ular sizga yordam
beradi va o’z faoliyatingizning samaradorligini baholash uchun andoza bo’lib,
xizmat qiladi.
Yuqoridagi agentlik o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’ygan:
- yuqori mavqeni egallash. Buning uchun obro’li firmalardan manfaatdorligi
buyurtmalar uchun raqobat kurashiga kiritishi va har yili kamida bittadan
kommunikatsiya industriyasi sovg’asini olib borishga erishish.
- yangi kompaniyalarga ochish orqali o’z servisining har tomonlama
yo’naltirilganligiga erishish.
- ijodini qadriga yetadigan mijozlarga xizmat ko’rsatish;
- tovar aylanishining 15%ga o’sishni ta’minlash va kamida 7.5% sof foydaga
erishish;
- o’z ishidan qoniqish.
Bu yerda, faoliyatning asosiy yo’nalishlarining ifodasi miqdor jihatdan
asoslangan maqsadda bor qarating. Yuqori mavqe raqobat ko’rashida sotib olingan
buyurtmalar va kommunikatsiya industriyasida erishilgan yuqori natijalar bilan
o’lchanadi.
Aniq xizmat assortimenti har yili kamida bitta yangi firmaning paydo bo’lish
bilan o’lchanadi.
Ijodni miqdor jihatdan ifodalash qiyin, shu sababdan xarakteristika xisobotda
noaniq ko’rinadi. Siz kom’aniya maqsadlari miqdoran aniq va vaqtda
chegaralanganligiga qaramay, moliyaviy vazifalar birinchi darajali hisoblanmaydi.
Ushbu kompaniya egalari ishdan qoniqish hosil qilishni asosiy maqsadlardan biri
sifatida belgilaganlar va bundan xulosa qilish mumkinki moliyaviy jihatlarini ishlab
chiqish majburiy shart hisoblanadi. Asosiy yo’nalishlarini shakllantirish sizga biznes
maqsadini qo’yishga yordam beradi. Yo’nalishlar ham, maqsadlar ham siz biznesda
nimaga
erishmoqchi
ekanligingizni
ko’rsatadi.
Keyingi
bosqich-qo’yilgan
maqsadlarga erishish yo’llarini va bu boradagi vazifalarni aniqlashtirish hisoblanadi.
Strategiya-boshqaruvining asosiy funktsiyalarni umumiy tarzda muvofiqlashtirishni
jamlaydigan xarakatlar ketma ketligidir. Siz qo’yilgan maqsadlar uchun bir nechta
variantdagi strategiyalarni ishlab chiqishingiz zarur. Ushbu variantlar narxlarini
shakllantirishga, mahsulotni tarqatishga, xodimlar bilan ishlashga moliyaviy
masalalarga turlicha yondashuvlarni o’z ichiga olish darkor.
O’z biznesingiz uchun qulay strategiyani tanlash jarayonida tavakkalchilik
darajasi minimal bo’lgan variantda to’xtashingiz mumkin.
Strategiya murakkab va tig’iz bo’lmasligi lozim. U birgalikda qo’yilgan
maqsadga erishish uslubini shaklantiradigan bir qator sodda vazifalardan tashkil
topish kerak. Sizning biznes rejangizda ushbu vazifalarning barchasi bo’yicha
umumiy xulosalar beriladi.
Lekin, agar siz qo’yilgan maqsadga to’liq erishmoqchi bo’lsangiz, ushbu
vazifalarni yana ham maydaroq (kichikroq, xususiyroq) qismlarga bo’lib yuborish
kerak. Chunki qaysi bir bosqichda ba’zi detallarni aniqlashtirishga zaruriyat paydo
bo’ladi. Detallashtirishning bunday darajasi xarakat rejasi deyiladi.