Muallif - O.A.Amanov
bo’ladi. Chet el korxonasi ustav kapitali boshqa davlatlarning yuridik yoki jismoniy
shaxslariga tegishli bo’ladi.
Tarmoqqa tegishlilik darajasi quyidagi hususiyatlar bilan belgilanadi; mehnat
buyumiga ta’sir ko’rsatish xarakteri, mahsulotning iqtisodiy vazifasi, texnologik
jarayon xarakteriga ko’ra, yil davomidagi ish vaqti. Mehnat buyumiga ta’sir
ko’rsatish xarakteriga ko’ra oluvchi va qayta ishlovchi tarmoq korxonalari ajratiladi.
Qazib oluvchi tarmoq korxonalariga yer osti, suv, o’rmon xom-ashyolarini qazib
olish bilan shug’ullanuvchi korxonalar kiritiladi. Masalan, ruda ishlab chiqarish; qora
va rangli metall qazib chiqaruvchi kombinatlar.
Ishlov berish tarmoqlari korxonalari sanoat va qishloq xo’jaligi xom-ashyosini
qayta ishlash bilan shug’ullanadi. Ularga mashinasozlik, to’quvchilik korxonalar
misol bo’ladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning iqtisodiy vazifasiga ya’ni mahsulotning
yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishdagi o’rniga ko’ra korxonalar ikki guruhga
bo’linadi: ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi va iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi korxonalarga bo’linadi.
Texnologik jarayonlar xarakteriga ko’ra uzlukli va uzluksiz ishlab chiqarish
bilan belgilanuvchi korxonalar ajratiladi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko’ra doimiy va mavsumiy ishlovchi
korxonalar ajratiladi.
O’lchamiga ko’ra korxonalar yirik va kichik korxonalarga bo’linadi. Bunda
ishchilar soni, asosiy vositalar qiymati asos qilib olinadi. Har bir tarmoqda
korxonalarni yirik yoki kichik korxonalarga tegishli ekanligi qonunchilik va
qonunosti aktlarga ko’ra belgilanadi.
Ixtisoslashtirish
darajasiga
ko’ra
ixtisoslashgan
universal
va
diversifikatsiyalashgan korxonalar mavjud.
Ixtisoslashgan korxonalarga cheklangan nomenklaturadagi bir turdagi mahsulot
ishlab chiqaruvchi korxonalar kiritiladi (tikuvchilik, poyafzal ishlab chiqarish,
avtomobil ishlab chiqarish).
Universal korxonalar keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki
turli hildagi ishlarni bajaradi (asbob-uskuna ishlab chiqarish, ta’mirlash korxonalari).
Diversifikatsiyalangan korxonalar turli tarmoqqa tegishli mahsulotlar ishlab
chiqarish bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish turiga ko’ra ommaviy, seriyali va yakka tartibli ishlab
chiqarish korxonalari ajratiladi.
Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko’ra avtomatlashgan,
kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman mexanizatsiyalashgan korxonalar ajratiladi.
Korxonalarni guruhlashtirish alohida korxona guruhlariga nisbatan ishlab
chiqarishni tashkil etish bo’yicha namunaviy yechimlar ishlab chiqarishda
qo’llaniladi.
Har bir korxona tashqi muhit ya’ni iqtisodiyotning boshqa tizimlari bilan
muntazam aloqadorlikda faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |