Muallif - O.A.Amanov
Mulksiz korxona tashkil etilmaydi. Mulkdan foydalanish, uni oshirib borish, saqlash
korxonani moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich – reorganizatsiya. Korxona faoliyatini takomillashtirish,
moliyaviy barqarorligini oshirish, bozorda tutgan o’rnini (“Nisha”sini) saqlash yoki
kengaytirish maqsadida o’z tarkibida yangi ishlab chiqarish yoki funksional bo’limlar
ochish ayrimlarini qo’shish, birlashtirish, samarasizlarini tugatish kabi qayta tashkil
qilish ishlarini amalga oshirib boradi. Bu masala, aksariyat holda korxonaning
moliyaviy ahvolidan kelib chiqadi.
Uchinchi bosqich – restruktrizatsiya. Restruktrizatsiyaga reorganizatsiyaning
bir shakli sifatida qarash mumkin. Restruktrizatsiya deganda korxonaning tarkibiy
bo’limlarini (sexlari) huquqiy shaxs maqomisiz, mustaqil balans va hisob raqami
bilan aloxida ajratilishiga tushiniladi. Bundan asosiy maqsad ishlab chiqarish
samarasini oshirish bo’lib, korxona bo’limi (sexi) tijorat hisob-kitobiga o’tkaziladi.
Ularga mulk ajratiladi, foyda va xarajatlari alohida hisob-kitob qilinadi.
Sanatsiya – iqtisodiy nochor korxonalarni bankrotligining oldini olish
maqsadida qarzdor korxona – huquqiy shaxsning muassislari (qatnashchilari),
qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, davlat tomonidan qarzdor
korxonaning to’lov qobilyatini tiklash bo’yicha o’tkaziladigan chora-tadbirlarni
tashkil qiladigan faoliyat.
Qarzdor korxona sanatsiyalash ob’ekti hisoblanadi. Faoliyatni davom ettirish
uchun qarzdor korxonaning to’lov qobiliyatini tiklanishining aniq imkoniyatlari
asoslansa, bunday iqtisodiy nochor korxonalar sanatsiya qilinadigan ob’ektlar
qatoriga kiritiladi.
Sanatsiyalash korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun
o’tkaziladigan chora-tadbirlardan biri xisoblanadi.
Keyingi bosqich bu korxonaning bankrotligi.
Korxona bankrotligi uning iqtisodiy nochorligini oqibati.
Bankrotlik deganda sud tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdorni ixtiyoriy
ravishda o’zini bankrot deb e’lon qilgan qarzdorning moliyaviy majburiyatlarini
bajara olmasligi, qisqa qilib aytganda moliyaviy qobiliyatsizlikka tushiniladi.
Korxona yashashining oxirgi bosqichi uni tugatilishi.Iqtisodiy nochorlik yoki
bankrotlik asosida sud qarori bilan yoki mulkdorning o’z ixtiyori bilan korxona
faoliyati tugatilishi mumkin.
Korxona tugatilishi uning faoliyatini to’xtatilishi va davlat reestiriga qarzdor
tugatilganligi to’grisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlanadi, korxona esa tugatilgan
deb hisoblanadi.
Unitar korxona (hususiy yoki davlat) mulkchilik xuquqiga ega bo’lmagan
tijorat korxonasidir.
Horijiy kapital ishtrokiga ko’ra qo’shma, xorijiy va chet el korxonasiga
ajratiladi.
Qo’shma korxona ustavida xorijiy investor ulushi mavjud bo’ladi va ushbu
korxona mamlakat xududida joylashadi, faoliyat yuritadi. Xorijiy korxonalar boshqa
mamlakatda ro’yxatdan o’tadi va ustav kapitali tarkibida milliy kapital ulushiga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |