Muallif - O.A.Amanov
Korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab chiqarish
jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy – reja ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud
iqtisodiy resurslardan samarali foylashanish, maksimal foyda olish maqsadida
mustaqil ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi, rejalashtiradi. Tanlangan maqsad,
qo’llaniladigan usullarga bog’liq holda rejalashtirishning bir qancha turlarini ajratish
mumkin.
Umumiy holatda rejalashtirishning 2 asosiy turi mavjud:
1. Texnik - iqtisodiy
2. Operativ
Chet el rejalashtirish fani va amaliyotida reja tuzishning 4 xil turini ajratish
mumkin, ya’ni rejalashtirish reaktiv, induktiv, preaktiv va interaktiv bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: