Muallif - O.A.Amanov
resurslardan samarali foydalanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil
ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi va rejalashtiradi. Tanlangan maqsad,
qo’llaniladigan usullarga bog’liq xolda rejalashtirishning bir kancha turlarini ajratish
mumkin.
Texnik-iqtisodiy rejalashtirishda - korxonalarning texnik va iqtisodiy
rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal
variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari
belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Operativ
-
ishlab
chiqarish
rejalarida
yuqoridagi
ko’rsatkichlar
chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi.
Rejalashtirishni yana quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:
1.
Mazmuniga ko’ra; tashkiliy - texnik, ijtimoiy mexnat, moliyaviy-investitsion,
biznesni rejalashtirishlashtirish, ta’minot rejasi.
2.
Boshqaruv darajasiga ko’ra: korxona, korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex
rejasi quyi pog’onada - ishlab chiqarish rejalari.
3.
Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ.
Davlat
mulkiga
asoslangan
korxonalarda
administrativ
rejalashtirishfoydalaniladi. Aksionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka
asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish - baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ish haqi
miqdorini davlat tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi.
Markazlashgan reja - barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshkaruv organlari
tomonidan belgilash ko’zda tutiladi.
4.
Amal qilish vaqtiga ko’ra: qisqa muddatli ya’ni, joriy 1 yil davomida, o’rta
muddatli ya’ni, 1-3 yilgacha, uzoq muddatli ya’ni 3-10 yilgacha.
5.
Qo’llash sohasiga ko’ra: sex aro, sex ichidagi, brigada va yakka tartibli.
6.
Ishlab chiqarish stadiyalari bo’yicha: dastlabki va yakuniy.
7.
Aniqlik darajasiga ko’ra: yiriklashtirilgan (umumiy) va aniqlashtirilgan.
Chet el amaliyotida vaqt omilini e’tiborga olgan holda reja tuzishning 4 xil
turini ajratish mumkin.
4
Reaktiv rejalashtirish erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish
tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan
odatlarga tayanadi. Bunday rejalashtirish ishlab chiqarish muammolarini aloxida
ko’rib chiqadi, shu sababli bir butunlik va uning ayrim qismlarining o’z aro
aloqalarini e’tiborga olmaydi. Bundan tashqari ushbu reja zarur bo’lmagan narsa va
holatlardan foriq bo’linsa talab etil gan natijaga olib keladi, degan xato fikrga
asoslanadi.
O’tmishga qaratilgan reaktiv rejalashtirish ko’pincha ushbu korxona mahsulot
va xizmatlarini nafakat tashqi balki ichki bozordan xam siqib chiqarilishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |