Muallif - O.A.Amanov
hamda har bir buyumga yagona narx joriy etadi, ammo bozor sharoitlari taqozo etgan
hollarda bu narxlarda o’zgarishlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikki
asosiy siyosati mavjud, bu "qaymoini olish" siyosati va "kirib olish" siyosa- tidir,
shuningdek bu yondashuvlarning ayrim turlari ham uchraydi.
"Qaymog`ini olish" siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy
etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi,
mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi.
Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb etish maqsadida narx pasayti-
riladi. Shunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi. "Qaymog’ini
olish" siyosati samaradorligini bir qator sharoitlar belgilaydi. Bunday yondashuv juda
maqsadga muvofiq: birinchidan, mahsulotga bo’lgan talab narxlarga qisman
ta’sirchan, ikkinchidan, xaridorlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan
kam xabardor va shu sababli belgilangan summani to’lashga tayyor. Uchinchidan,
bozor doirasida narx segmentlari mavjud bo’lib, ular mu- ayyan chegaralarda narxni
o’zgartirib turishga imkon beradi. Nihoyat, "qaymog’ini olish" siyosati bozorda
raqobat bo’lmaganda va shuningdek u bozorda yaqin orada kutilmagan hollarda
yaxshi natija beradi. Ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan "qaymoini olish" siyosati
bir qator afzalliklarga ega: birinchidan, olinadigan daromad ishlab chiqarish
xarajatlarini, garchi ular yangi mahsulotga nisbatan katta bo’lsada, tezda qo’lash
imkonini yaratadi. Bundan tashqari, agar firma dastlab mahsulotni tajriba asosida
ishlab chiqarib, keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni rejalashtirsa,
"qaymog’ini olish" siyosati yalpi ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilguniga qadar
talabni chegaralash maqsadlarida qo’llanilishi mumkin. Yana yuqori narx tovarning
yuqori sifati bilan hamohang yuradi, bu esa firmaning shuhratini oshirishga xizmat
qiladi. Nihoyat, marketologlar iste’molchilarning narxlarning navbatdagi oshirilishiga
nisbatan qarshiligiga duch kelishdan ko’ra dastlabki narxni pasaytirish osonroq
ekanligini hisobga oladilar. O’zining jami afzal tomonlariga qaramay, "qaymog’ini
olish" siyosatining bir qator kamchiliklari ham bor: birinchidan, yuqori narxlar yuqori
foyda beradi va raqiblarning faol qiziqishini uyotadi.
Dastlabki narx qanchalik yuqori bo’lsa, bozorda raqiblarning tez paydo bo’lishi
ehtimoli ham shu qadar ko’proq. Ikkinchidan, yuqori narxlarni joriy etishda muqobil
mahsulotlar narxlarning o’rtacha darajasi nuqtai nazaridan qiyinchiliklar uchraydi.
Mabodo yangi mahsulot narxi o’ziga o’xshash mahsulotlarga qiyosan oyat yuqori
bo’lsa, bunday mahsulot bozorda yaxshi o’tmasligi mumkin.
Uchinchidan "qaymog’ini olish" siyosati
marketing strategiyasi va
strukturasida o’zgarishlar qilib turishni nazarda tutadi. Masalan, narxlarning pasayib
borishiga qarab, keng reklama yakkalab sotishning o’rnini oladi, taqsimlash
strukturasi ixtisoslashgan yirik magazinlardan keng iste’mol tovarlari sotiladigan
savdo shoxobchalariga qarab suriladi.
"Qaymog`ini olish" siyosati qo’llanilgan ayrim hollarda narxlar juda tez
pasayib ketgan hollar ham kuzatilgan (cho’ntak kalkulyatorlari va ro’zg’or
kompyuterlari bilan shunday bo’lgan edi). Yana boshqa bir holda "poleroid"
kor’oratsiyasi bir zumda fotosurat uchun patent sotib oldi va patent muddati amal
Do'stlaringiz bilan baham: |