Muallif - O.A.Amanov
Samaradorlik tamoyili ishlab chiqarishni yuqori samaradorlik keltiruvchi
variantda tashkil etishni ko’zda tutadi. Har qanday rejalashtirilgan samara
belgilangan natijaga erishilgan darajani ifodalaydi.
Samarani baholashda rejalashtirish jarayonida kutilayotgan ko’rsatkichlarni
oldindan tanlangan maqsad, belgilangan daromad normativlari va boshqa solishtirma
ma’lumotlar bilan solishtirish amalga oshiriladi.
Rejani tuzish bosqichida haqiqiy samarani baholash mumkin emas. Lekin
shunga qaramay ularni rejalashtirish zarur. Har qanday samara yakuniy natijada birlik
mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan turli resurslarning iqtisodida ko’rinadi.
Rejalashtirilgan samaraning eng boshlang’ich ko’rsatkichi kelishish hisoblanadi.
Optimallik prinsipi rejalashtirishning barcha bosqichlarida bir nechta variantdan eng
muqobilini tanlashni ko’zda tutadi.
Turli rejalarning optimalligini belgilovchi chegaralar rejalashtirish jarayonida
belgilanadigan mahsulot kam mehnat sig’imi, material sig’imi, mahsulot tannarxi,
shuningdek, maksimal foyda bilan ifodalandi.
Ishtirok etish prinsipi xodimlarning rejalashtirish jarayonida aktiv ishtirok
etishlarini ko’zda tutadi. Chunki hech kim boshqalar uchun samarali rejalashtira
olmaydi. Korxonaning har bir xodimi ichki shart sharoitlarni, o’z imkoniyatlarini
shuningdek, o’z istak va maqsadlarini yaxshi bilganlari tufayli, yuqori sifatli rejalar
tuzishga erishishlari mumkin.
Xomum tamoyili 2 qismdan tashkil topgan: koordinatsiya va integratsiya.
Ularning har biri korxonaning ma’lum bir darajasiga, obyektiga tegishlidir.
Koordinatsiya bir xil darajadagi ob’ektlarning o’z aro aloqasini, integratsiya
esa turli darajadagi obyektlar orasidagi aloqani qamrab oladi.
Koordinatsiyalash tamoyili korxona bo’linmalarining faoliyatini alohida
rejalashtirish yuqori samara keltirmaydi degan fikrni tasdiqlaydi. Bundan
korxonaning barcha bo’linmalari faoliyatini bir vaqtda va o’z aro bog’liq holda
rejalashtirish zarurligi kelib chiqadi. Muammolar qayerda paydo bo’lishidan qat’iy
nazar, ularni birgalikda hal etish lozim.
Integratsiyalash tamoyiliga ko’ra barcha darajada o’z aro bog’liq rejalashtirish
lozim. Korxonaning bir darajasida belgilangan strategiya yoki taktika, boshqa
bo’inlar uchun ham yangi muammolar tudiradi. Ushbu prinsiplarning uyunlashuvi
xomum prinsipini keltirib chiqaradi, Ushbu prinsipga ko’ra korxonada element va
bosqichlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning barchasida birdaniga rejalashtirish
maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi prinsiplar asosida amaliy faoliyat jarayonida rejalashtirishning
umumiy ilmiy usullari rejalanadi. Rejalashtirish usullari zaruriy reja ko’rsatkichlari
va natijalarini axtarish, asoslash va tanlash jarayonidir.
Amaliy maqsad, foydalaniladigan boshlang’ich axborot, me’yoriy baza,
yakuniy reja ko’rsatkichlarini aniqlash yo’llariga bog’liq rejalashtirishning ilmiy,
eksperimental,
me’yoriy,
balans,
sistemali–analitik,
programmali–maqsadli,
iqtisodiy–matematik, injener iqtisodiy, loyixa variantli usullaridan foydalaniladi. Har
bir usul rejalashtirilayotgan asosiy natijaga nisbatan ustunlikka ega bo’lgan belgilar
bilan xarakterlanadi. Masalan, ilmiy usul – rejalashtirish borasida chuqur bilimga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |