Muallif - O.A.Amanov
II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA REJALASHTIRISH
VA BASHORATLASH
Tayanch so’z va iboralar: rejalashtirishning mohiyati va zarurligi,reja,
korxona rejasi, rejalashtirish, reja mazmuni, rejalashtirish jarayoni, rejalashtirish
uslubiyati, rejalashtirish mexanizmi, umumiqtisodiy maqsadlar.
2.1. Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati
“Firma faoliyatini rejalashtirish” tushunchasi 2 ma’noga ega. Birinchisi-
umumiqtisodiy, firmaning umumiy nazariyasi, uning tabiati nuqtai nazaridan.
Ikkinchisi esa aniq boshqaruv nuqtai nazaridandir. Bunda rejalashtirish
menejmentning funktsiyalaridan biri, korxona istiqbolini oldindan ko’ra olish va
ushbu bashoratdan foydalanish qobiliyatidir. Rejalashtirishning har ikki tomoni
o’zaro uzviy bog’langan. Aniq bir faoliyat turi sifatida rejalashtirish imkoniyati
ho’jalik yuritishning umumiy shartlari bilan belgilanadi.
Umumiqtisodiy nuqtai nazardan rejalashtirish - bozor va bahoning o’rnini bosa
oladigan mexanizm. Bozor tizimi doirasida uning ishtirokchilari haraktini yo’naltirib,
tartibga soluvchi asosiy omil baho hisoblanadi.
Aynan baho (narx) sotuvchi va
xaridor uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlari va
uslublarini belgilab beradi. Firma ham bozor tizimi ishtirokchisi sifatida baho
mexanizmiga, talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u ularning
ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan firma bozor dunyosidagi yirik
organizmning kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, har bir xo’jalik birligining ichki muhitida baho mexanizmi
tadbirkor va menejerlarning harakatibilan chetga siqib chiqarilmoqda.
Tadbirkorfirma faoliyati yo’nalishlarini belgilaydi. O’z navbatida firmaning
ichki tabiati rejaviy yechimlar tizimiga asoslanadi.
Shunday qilib, firmaning ichki faoliyati ishtirokchilari mustaqil, bir biriga
bog’liq bo’lmagan bozor sub’ektlari uchun xarakterli bo’lgan harakat erkinligini
yo’qotadilar, ularning faoliyati korxona boshqaruvchilari nazoratiga o’tadi. Nima
uchun rejalashtirishni mustaqil ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi sifatida
bozorni firmaning ichki faoliyatidan siqib chiqaradi? Bu borada iqtisodchilarda bir
nechta javob mavjud.
1. Firma o’lchamlarining chegaralanganligi uning ichida ro’y beradigan
harakatlarni nazorat qilish imkonini beradi va natijada bozor muhitining noaniqligini
va uning salbiy oqibatlarini minimal darajaga yetkazish mumkin bo’ladi.
2. Rejalashtirishni qo’llash orqali firma sotish bilan bog’liq harajatlarni
qisqartirishga erishadi.
Rejalashtirish boshqaruv funktsiyasi sifatida.
Rejalashtirish menejmentning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni tashkilot
maqsadlarini bashoratlash qobiliyati, faoliyat natijalarini va maqsadga erishish uchun
zarur bo’lgan resurslarni oldindan ko’ra olish qobiliyati sifatida izohlash mumkin.
Rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |