Muallif - O.A.Amanov
XV BOB. KORXONANING MOLIYAVIY REJASI
Tayanch so‘z va iboralar: moliyaviy reja mazmuni, vazifasi, strukturasi,
ko‘rsatkichlari, moliyalashtirish darajasi, foyda va zararlar hisoboti, kassa rejasi,
daromad va xarajatlar balansi, kapitalga talabning optimal varianti, moliyalashtirish
strategiyasi.
15.1. Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari
1.
Moliyaviy faoliyatni boshqarish firmaning ishlab chiqarish va tijorat
faoliyatini boshqarish bilan uzviy bog‘liqdir.
Moliyaviy faoliyat:
-
buxgalteriya balansida;
-
foyda va zararlar (pul oqimi) schyoti;
-
kapital qo‘yilmalar maxsus schyotida aks ettiriladi.
Biznes rejada moliyaviy rejaning asosini kapitalga bo‘lgan talabni aniqlash
bo‘lib, bu kredit olish turi va muddatini tanlash, kapitalni shaxsiy va qarzga
taqsimlash imkonini beradi. Shaxsiy mablag’larni tashkil etish manbai bo‘lib,
tezlashtirilgan amortizatsiya va rezerv fondi hisoblanadi. Rezerv fondi firmaning
faoliyati natijasida aniqlanadi va daromadning barqarorligi to‘lov qobiliyati, pul
kirim (tushum) lar doimiyligi, konyuktura perspektiviga bog‘liq bo‘ladi. Qarz pul
mablag’lari shunday jalb etiladiki, foyda kredit uchun foiz to‘lovlari xarajatlarini
qoplashi mumkin bo‘lsin.
Moliyaviy rejaning maqsadi – dastlabki bir va keyingi yil uchun sotish
natijasida olinadigan daromad va foyda miqdorini aniqlashdan iborat bo‘lib, ularning
kattaligi tanlangan moliyaviy strategiyaga bog‘liqdir. Bundan tashqari ko‘rilayotgan
davrda biznesni qo‘llab quvvatlash va investitsiya uchun talab etiladigan mablag’
miqdori ham shu rejada aks ettiriladi, yangi ish (faoliyat) uchun moliyaviy rejaning
barcha ko‘rsatkichlari prognoz xarakterida bo‘ladi. Yangi ish kuchi uchun pul
mablag’lari tushumini oldindan ko‘ra olish foyda miqdorini belgilashdan ham
muhimroq bo‘lib, bunga sabab, ular pul kirimi va summasini detallashtiradi.
Boshlang‘ich davrda foyda miqdori darajasi operatsiyalar bo‘yicha ehtiyojlarni
moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi, shu sababli sotuv va sarflar darajasini
prognozlashtirish, pul kirimini aniqlab, ishchi kapitalga bo‘lgan talabning yuqori
chegarasini ko‘rsatadi, ba’zi bir kritik sharoitlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlar zaruriyati aniqlanadi, qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan zaruriyat
belgilanadi.
Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari quyidagilardan iborat:
1. Foyda va zararlar hisoboti.
2. Mablag’lar bo‘yicha reja.
3.Aktiv va passivlar prognoz balansi.
3.1. Prognoz balansiga ilova:
- asosiy kapitalning rasshifrovka (asosiy fondlar);
-amortizatsiyanormasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |