Qisqacha xulosalar
Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish korxona ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish hisobi bilan bog’lanadi. Chunki, ishlab chiqarish
quvvatlarini hisoblash ishlab chiqarish dasturini asoslashning muhim tashkiliy qismi
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvati deyilganda korxonadagi mavjud jihoz va ishlab
chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda ilg’or me’yor, ilg’or
texnologiyadan foydalangan holda rejada ko’rsatilgan turdagi mahsulotni yillik
maksimal ishlab chiqarish bo’lgan hajmidir.
Ishlab chiqarish quvvati miqdori korxonaning texnik, texnologik va
tashkiliy darajasining o’sishi bilan o’zgaradi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ishlab
chiqarish hajmi rejalashtirilayotgan birliklarda o’lchanadi.
Masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona quvvati avtomobil sonida,
to’qimachilik korxonasi quvvati mato metrida.
Do'stlaringiz bilan baham: |