Ouken qonuni
Ouken qonuni —
qisqa mudsatli ishsizlik
darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish
hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi
bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik
iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979)
aniklangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy
mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil
etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy
boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi
oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot
real hajmining potensial hajmiga nisbati
oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va
taxminan 3% ga teng . Mac., ishsizlikning
1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish
hajmida 3% ga teng qisqarishga olib
keladi yoki aksincha.
Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy
darajasida saklash va tartibga solib
turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan
milliy iqtisodiyot barcha ishlashni
xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli
fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib
bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish potensialini
toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni
dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar
iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini
tartibga solishda katta ahamiyatga ega.