Отсканированное изображение



Download 155,48 Kb.
bet7/7
Sana31.01.2021
Hajmi155,48 Kb.
#58033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi(1)

4-jadvaI

Davlat byudjeti daromadlaridagi to‘g‘ri soliqlar tarkibi (jamiga nisbatan %da)1

Ko‘rsatkichlar

2000

2001

2002

2003

2004

To'g'ri soliqlar

100,0

100,0

100,0

100,0

loo,;)

Korxonalar fovdasidan olinadigan soliq

49.4

39,7

34,4

34.1

29,9

Savdo va uinumovqatlanish korxonalariiiing yalpi daromadi- dan soliq













8,5

Soliq lo'lashning soddalashtirilgan tizimi asosida mikrofirma va ki­chik korxonalardan olinadigan yagona soliq




7,8

13,1

14.1

10,2

Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq

44,5

44,9

45,6

46.7

46,2

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar daromadidan olinadigan soliq

6,1

7,6

6.9

5,1

5,2


Ma/iba: O'zR Mo/iya vazir/igi та'uhnnt/ari.




5-jadval

Davlat byudjeti daromadlaridagi egri soliqlar tarkibi (jamiga nisbatan %da)

Ko'rsatkichlar

2000

2001

2002

2003

2004 |

Egri soliqlar

I oo.o

100.0

100,0

100.0

100.0

Qo'shilgan qiymat solig'i

47,3

48,8

43,9

39.6

42.5

Aksiz soliqlari

48,4

46.3

48,3

51,3

48.2 i

Bojxona bojlari

Xo

Yj




3,0

3,6 i

Jismoniy shaxslardan yagona bo­jxona lo'lovi

2.3

2

2.4

3,3

2,5 !

Jismoniy shaxslardan ben/in, dizcl yoqilg'isi va Iransport uchun gaz iste’moli uchun olinadigan soliq







2,5

2,8

3’2 i

1


Ma/iAa: O'z/i A/o/na vaz/r//g/ та 7//тог/ап.




Egri soliqlar tarkibi tahlili shundan dalolat beradiki, tahlil qilinayotgan davrda oziq-ovqat spirtiga aksiz stavkalarining pasayishi natijasida aksizlar ulushi (51,3 foizdan 48,2 fo- izgacha), tabiiy gaz va benzinga aksiz yig‘imlari bo‘yicha tu- shumlarning o‘sishi (2,8 foizdan 3,2 foizgacha) oqibatida qo‘shilgan qiymatda soliq ulushi ko'paydi (39,6 foizdan 42,5 foizgacha).

Davlat byudjeti xarajatlari YalMga nisbatan 24,6 foizdan 22,9 foizgacha yoki 1,7 darajaga pasaygan. Bu asosan, xarajat- larning markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish tendensiyalarining saqlanishi (3,3 foizdan 2,7 foizgacha) va boshqa xarajatlarning (6,4 foizdan 5,6 foizgacha) pasayishi hi­sobiga sodir bo‘ldi. Iqtisodiyotda sarf qilingan xarajatlar ulushi (3,0 foizdan 3,1 foizgacha) ortishi ma’lum darajada elektro- energiyaga tariflarning oshishi natijasida sodir bo‘ldi.

Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga solishning vositalaridan biri boMib ham hisoblanadi.

Bunda davlat butun xo'jalik kon’yunkturasiga umumiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliq mexanizmidan keng foydala- nadi. Davlat iqtisodiyotdagi turg‘unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital qo‘yilmalarni rag'batlantiradi hamda shu orqali shaxsiy iste'mol va investit-

sion tovarlarga yalpi talabni kengaytirish uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi boMib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulo- hazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasim haddan tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to'xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxir- oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko'rsatadi.

Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o'sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri cliizig‘i” nomini oldi (2-chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida - davlat byudjetiga tuslnimlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R|) davlal byudjetiga eng yuqori tushum (V|) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo'ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Bosh- qacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yu­qori o‘rnatilgan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsi- yalar, bandlilikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tu- shumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me'yorida amal qilgan holdagina namovon bo‘ladi.


R f





2-chizma. Laffer egri chizig‘i.




Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi shundaki, soliq stavkasining oshishi yoki pasayishi shubhasiz kapital qo‘yilmalar o‘sish sur’atiga to‘siq bo'luvchi yoki aksincha. rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ammo umurnan, bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tash­qari ko'plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ichida muhim o‘rinni siklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi.

Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukin- ing bir xil darajada bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki dara- jasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:

bu yerda: /К, —aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi soliqlarn­ing o'rtacha miqdori; D/V — aholining soliqlar to'langandan keyingi daromadi; PN— aholining to‘lovga layoqatliligi.

Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i bo'yicha ham aniqlash mumkin:

Xso/Ar.wA-f =ZNAK4/M,

bu yerda: N — soliqlar miqdori;

YalM — yalpi ichki mahsulot hajmi.

4-§. O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari



Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida umumiqtisodiv barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan, davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo'lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o'z ichiga oladi.

Shunga muvofiq moliya siyosati respublika davlat byudjetidngi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o'tka/.ish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillarga nisbatan pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni tashkil qildi. 1996 yildan boshlab dastlab 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz, 2000 yil 4,0 foiz, 2004 yil yilda esa, 7,7 foiz o‘sishga erishildi. 4

Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu vazifalarni real

^ O'zR Iqtisodiyot vazirligi ma'lumollari.

bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.'’

Eng awalo, shuni qayd etish lozimki, 1997 yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan Soliq Kodeksi iqtisodiy isiohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermaydi. Faqat so‘nggi ikki yil davomida Soliq Kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq 0‘zgartish hamda qovshimchalar kiritilgani ham shundan dalolat beradi.

Bunda soliq tizimi o‘ziga xos vazifalarni — xazinani toMdirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarini to'la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YalMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan tamoyil va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning iIgcor tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil — korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablaglarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablagMarni

•’ Bizning bosh maqsadimi/ - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam- lakatni modernizatsiya va isloh elishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palalasi va Senatining qo'shina majlisidagi ma’ruzasi. «Xalq so‘zi». 2005 yil 29 yanvar, 20- son. 3- bet.

to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa, oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig'idan foydadan undirilgan soliqqa o'tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko'paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmog‘imiz kerakki, har bir soliq toMovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs boMsin, soliq toMashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin.

Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig'ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.

Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga toiov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir.

Respublika ahamiyatiga ega boMgan soliqlar bilan mahalliy soliq o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomiilashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.

Bunda asosiy e’tibor davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga qaratiladi.

Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, toMov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham rub o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosn vazifasi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta'minlashgina emas, balki, eng muhimi, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq to'lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko'maklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir.

Xulosalar



  1. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.

  2. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug'urta jamg'armalarini, davlatning valyuta zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pui hamda boshqa maxsus pul jamg‘armalarini oladi.

  3. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi jamg‘armasini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablagMarining asosiy markazlashgan jamg^rmasi bolmish unvlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.

  4. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda boiishini taqozo etadi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi tez sur’atlar bilan o‘sadi.

  5. Byudjet taqchilligi asosan, davlat qimmatli qog'ozlarini sotish, nobyudjet jamg‘armalari (sug'urta jamg‘armasi, ishsizlik bo‘yicha sug'urtalash jamg‘arma, pensiya jamg‘arma)dan qarz olish ko‘rinishidagi davlatning ichki va tashqi qarzlari hisobiga qoplanadi.

  1. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo‘lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‘lib. moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi.

  2. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda, progressiv (o'sib boruvchi), propor­sional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.

Asosiy tayanch tushunchalar

Moliya — pul mablag'larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog'liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.

Moliya tizimi — moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir.

Davlat byudjeti — davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.

Byudjet taqchilligi — byudjet xarajatlarining daromadlar qismidan ortiqcha boiishi natijasida vujudga kelgan farq.

Davlat qarzlari — byudjet taqchilligini qoplash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar.

Soliqlar — jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli.

Soliq stavkasi — soliq summasining soliq olinadigan sum- maga nisbatining foizdagi ifodasi.

Laffer egri chizigi — davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning tasvirlanishi.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



1. Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.

  1. Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo'g'inlarining tavsifini bcring. Moliya tizimida davlat byudjetining o'rni qanday?

  2. 0‘zbekiston davlat byudjeti mablag'larining shakllanish va taqsimlanish xususiyatlari to‘g‘risida mulohaza yuriting.

  3. Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o'ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?

  4. Byudjet taqchilligi nima? Ijobi\ va salbiy byudjet taqchilligi ni tush untiring.

  5. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko‘rsating.

  6. 0‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini isloh qilish qanday yo‘nalishlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan?

1 O'zR Iqiisodiyot vazirligi, Samarali iqtisodiy siyosal markazi. O'zbekislon qJi- sodiyoti. Tahliliy sharli. 2004 yil, 8-son, 2005 yil, mart, 18-20- bellar.


588



Download 155,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish