Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A.A.Po‘latov Voleybol (O‘zDJTI. 1 kurs talabalariga mo‘ljallangan ma'ruza) Toshkent/ 2004 yil.
Mavzu 15: Voleybol. Xujum texnikasini o’rgatish. O’quv o’yini.
O‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan maksadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasidir. O‘yin texnikasi – harakatni aniq, tez, yengil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozia.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor, sovutgich, soat va hokazo) ularning texnik pasporti mavjud bulib, unda mazkur vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan buladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir.
O‘yin texnikasini tasnifiy tarkibi va uning mazmuni. Voleybolda o‘yin texnikasi o‘ziga xos tasnifga ega bo‘lib, u bir necha turkumdan tarkib topadi. O‘yin texnikasining tasnifi «hujum texnikasi» va «himoya texnikasi» kabi turkumlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida yuqoridan pastga qarab bir-biriga bo‘ysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi.
Hujum texnikasiga holat va harakatlanish, uzatish, to‘pni o‘yinga kiritish va zarba texnikasi kiradi. Himoya texnikasi esa holat va harakatlanish, to‘pni qabul qilish va to‘siq qo‘yish texnikasidan iborat.
Holat va harakatlanish texnikasi. O‘yinda ro‘y beradigan vaziyatlarga qarab o‘yinchi holati turlicha bo‘lishi mumkin.
Jangovor holat – har qanday yo‘nalishdagi harakatlanishga yoki vaziyatga munosib o‘yin malakasini darhol bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda o‘yinchi oyoklarining tayanch sathi deyarli katta bo‘lmaydi, ya'ni salgina oyok uchida turiladi, oyoqlar tizza bo‘g‘imlarida birozgina egilgan bo‘lib, tana hiyol oldinga intilgan bo‘ladi. Vaziyatga qarab «jangovor» holat uch turda ijro etilishi mumkin.
Turg‘un holat – bir oyok ikkinchi oyokdan bir oz oldinga joylashadi, tizzalar bukilgan, gavda bir oz oldinga egilgan, qo‘llar tirsak-engak sathigacha ko‘tarilgan bo‘ladi.
Asosiy holat – ikki oyok bir-biridan 20-30 s oralig‘ida parallel joylashgan bo‘ladi. O‘yinchi og‘irligi tizzalar bukilgan ikki oyoqqa teng taqsimlangan bo‘lib, gavda oldinga intilgan, tirsaklar bukilgan holda qo‘llar gavda oldida joylashgan bo‘ladi.
O‘zgaruvchan holat – yuqorida qayd etilgan u yoki bu holatlarning texnik nusxasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |