Foydalanilgan adabiyotlar.
Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi./Uslubiy qo‘llanma X. Soliev. Andijon 2015 y. Mavzu 6: Yengil atletika. Kross 800-1000 metr.
Kross masofalarida musobaqalarda qatnashish uchun, ayniqsa endi uyg‘ullanayotgan sportchilar va maktab o‘quvchilariga maxsus tayѐrgarlik kerak bo‘ladi. Yumshoq yer, joyning turli-tuman 129 redefi, har xil to‘siqlarni yengib o‘tish – bu sharoitlar kross yugurish texnikasini yelgilab beradi. Kross yugurishda yugurish qadami tuzilishi o‘rta masofalarga yugurishdagi singaridir. Oѐqlarni qo‘yish yerga (o‘tkaziladi, qum, asfalt) bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vazifa – yugurish tezligini va depsinish kuchini saqlab qolgan holda jarohat olmaslikdir. Ko‘tarilishlar va pastga tushishlar marafondagiga o‘xshash tarzda yengib o‘tiladi, faqat tikka ko‘tarilishlar va tushishlarda daraxtlar, butalardan ularga qo‘llar ѐrdamida osilib qolgan holda foydalanish mumkin. Gorizontal to‘siqlarni (chuqurlar, ariqla, zovurlar) oyqdan-oѐqqa sakragan holda yengib o‘tiladi. Vertikal to‘siqlarni qo‘lga ѐki oѐqqa tayangan holda, g‘ov ustidan oshib qadam tashlash bilan (to‘siq xususiyatiga qarab) yengib o‘tish mumkin. Shuni ѐdda tutish muhimki, to‘siqlarni yengib o‘tish odatda nafas olish maromini buzadi, uni tiklash va qisqa muddat ichida o‘zining yugurishdagi optimal nafas olish maromini qaytarish lozim. Shuningdek, yumshoq va sirpanchiq yerda oѐq orqagasirpanib ketmasligi uchun qisqa qadamlar bilan yugurish yaxshiroq ekanligini esdan chiqarmaslik zarur. Shunday qilib, kross yugurishdagi musobaqalar ravon yugurishdan farqli ravishda yuqori darajadagi chidamlilikdan tashqari to‘siqlarni yengib o‘tishda har tomonlama tayѐrgarlikni, yuzaga kelgan vaziyatni tez tahlil qila olishni va unga munosib yechim topishni taqozo etadi.
Kross yugurishda talabalar chidamlilik sifatini oshirishadi, yugurishda nafasni to‘g‘ri olishga etibor berish kerak. Kross yugurish masofalari 800, 1000, 2000, 3000 metr, 5 km, 10 km va bir soat mobaynida yuguriladi.
Kross yugurish texnikasini o‘rgatishda stadiondan tashqarida bo‘lgan har xil sharoitdagi joylarda o‘rgatish yaxshi natija beradi, ayniqsa, bog‘larda, dehqonchilik ekinlari maydonlari ѐnlarida hamda transport vositalari kam qatnaydigan yo‘llarning chetlarida va katta suv kanallarining ѐnlarida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |