Klinik manzarasi. Pupart boylamidan pastroqda oval chuqurcha sohasida katta bo'lmagan o'smasimon bo'rtma borligi aniqlanadi. Ba'zan son kanali sohasida paydo bo'lgan og'riq dispeptik buzilishlar, ichning dam bo'lishi, qabziyat bilan birga o'tadi. Kirgizib bo'lmaydigan churra ichida aksariyat charvi bo'ladi.
Davosi faqat xirurgik usulda olib boriladi. Uning qisilishiga moyilligi operatsiyani imkon boricha erta qilishga majbur etadi. Operatsiyalarda son kanalini bekitish uchun Pupart boylamini Kuper boylamiga va taroqsimon mushak fassiyasiga tikib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |