Klinik manzarasi. Churralar aksari ikki tomonlama bo'ladi. Churra bo'rtmasi yumaloq, sharsimon shaklga ega. Urug' tizim-, chas'i churra xaltasiga nisbatan lateral joylashadi.
Davosi. Operatsiya radikal usul hisoblanadi. Operatsiyada qiyshiq chov churralaridan farqli ravishda chov kanalining orqa devori mustahkamlanadi.
Son churralari. Chov churralariga qaraganda birmuncha kam uchraydi. Son kanalidagi Pupart boylamidan past, aksari son venasidan ichki tomonda, oval chuqurcha sohasida joylashadi. Son churrasi aksariyat ayollarda (5:1) chanoq enining kengligi, o'ziga xos ekanligi, oval teshigining katta o'lchamda bo'lishchi, shuningdek qorin ichki bosimining oshishiga ko'ra ko'proq kuzatiladi. Tug'ma son churralari bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |