Bog'liq O'tkir qorin keltirib chiqaruvchi kasalliklar, o'tkir appenditsit, o'tkir xolesistit, oshqozon va 12 barmoq ichak yaralari perfaratsiyasi, o'tkir ichak tutilishi, churra qisilishi kasalliklari ularda shoshilinch yordam ko’rsatish.
Xolelitiaz ishtirokisiz safro chiqishining qiyinlashishi fonida rivojlangan o’t pufagining yallig’lanishi nokalkulyoz xolesistit deb ataladi. Ushbu kasallik doimo gepatitlar, o’t yo’llari va me’da osti bezining yallig’lanishi bilan birgalikda kuzatiladi.
Nokalkulyoz xoletsistit quyidagilar ta’sirida rivojlanishi mumkin:
O’t pufagi devorlarida qon aylanishining buzilishi.
Nokalkulyoz xolesistit tipik va atipik belgilar bilan namoyon bo’ladi:
Tipik shakl. Kasallik ovqat qabul qilish, avtomashinada notekis yo’lda yurish yoki og’irlik ko’tarib yurishdan 40-90 daqiqa o’tganidan keyin o’ng qovurg’a ostida o’tmas, monoton og’riqlar bilan xarakterlanadi. O’tirgan holatda og’riqning kuchayishi, yotganda esa yengil tortishi kuzatilishi mumkin. Og’riq jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi va kekirish bilan birga kechadi;