O'tkir Qorin Sindromi: Belgilari, Sabablari Va Davolash



Download 376,85 Kb.
bet54/60
Sana11.01.2022
Hajmi376,85 Kb.
#341012
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
O'tkir qorin keltirib chiqaruvchi kasalliklar, o'tkir appenditsit, o'tkir xolesistit, oshqozon va 12 barmoq ichak yaralari perfaratsiyasi, o'tkir ichak tutilishi, churra qisilishi kasalliklari ularda shoshilinch yordam ko’rsatish.

Axlatli (fekal) qisilishda churra tarkibining qisilishi churra xaltasida joylashgan ichak qovuzloqini olib keluvchi bo’limining keskin to’lishi natijasida yuzaga keladi. Bunda qovuzloqning olib keluvchi bo’limi birdan yassilanadi va tegib turuvchi mezenteriy (rus. брыжейка) bilan birga churra darvozasida qisilib qoladi. Natijada elastik qisilishida kuzatiladigan strangulyatsiya rivojlanadi. Biroq, fekal qisilishda ichak nekrozi rivojlanishi uchun ko’proq vaqt talab qilinadi (bir necha kun). Elastik qisilish yuzaga kelish uchun ajralmas shart — tor churra darvozasi borligi, fekal qisilish esa ko’pincha keng churra darvozasi mavjudligida qayd qilinadi.

Fekal qisilishdan jismoniy kuchanish elastik strangulyatsiyaga ko’ra kamroq ahamiyatga ega; bundan muhimrog’i ko’pinchan keksa bemorlarda kuzatiladigan ichak motorikasining buzilishi, peristaltikasining sekinlashishidir. Axlatli qisilishda churra xaltasida ichakning bukilishi, o’ralib qolishlari va uni churra xaltasi devorlari bilan birikib ketishi ko’proq ahamiyatni tashkil qiladi. Fekal qisilish odatda uzoq muddatli tuzalmas churra asorati sifatida paydo bo’ladi. Bunda turli organlar qisilishi mumkin. Ko’pincha ingichka ichak yoki katta charvi sohasi qisiladi, kamroq — yo’g’on ichak. Juda kamdan-kam hollarda mezoperitoneal joylashgan a’zolar qisiladi: masalan, ko’richak, qovuq, bachadon va uning ortiqlari. Ichakning qisilishi natijasida uning nekrozi yoki progressiv intoksikatsiyani chaqiradigan og’ir ichak o’tkazmasligi eng xavfli sanaladi.

Qisilish lahzasida churra xaltasida yopiq bo’shliq paydo bo’ladi, u o’zida qon aylanishi buzilgan a’zo yoki a’zolarni saqlaydi. Ichak qovuzloqi, charvi yoki boshqa a’zolar qisilgan joyida strangulyatsion egat shakllanadi, u hatto qisilish bartaraf qilinganidan keyin ham yaxshi sezilarli bo’ladi. U odatda ichakning olib keluvchi va olib ketuvchi bo’limlarida ham, tegishli mezenteriy joylarida ham aniq ko’rinadi. Dastlab ichak qon aylanishi buzilishlari natijasida venoz dimlanish yuzaga keladi, u esa tez orada ichak devorining barcha qatlamlarida shish chaqiradi. Bir vaqtning o’zida qisilgan ichakning ichki bo’shlig’iga va churra xaltasiga plazmaning sizib chiqishi va qon shaklli elementlarining diapedezi sodir bo’ladi. Ichakning ishemiyalangan yopiq bo’shlig’ida toksinlar shakllanishi bilan tavsiflanadigan ichak tarkibining chirishi boshlanadi. Ichakning qisilgan qovuzloqlari yetarlicha tez, bir necha soat ichida (elastik qisilishda) shilliq qavatidan boshlab nekrozga uchraydi.

Buni uning hayotiyligini baholashda unutmaslik kerak. Qisilishda churra xaltasining yopiq bo’shlig’ida to’planadigan suyuqlik (transsudatsiya va ekssudatsiya tufayli) churra suvi nomini olgan. Dastavval u shaffof va rangsiz (seroz transsudat) bo’ladi, ammo unga qonning shaklli elementlari tushishi va ularning parchalanishi natijasida pushti, keyinchalik jigarrang-qizil tusga kiradi. Nekrozlangan ichak devori mikrobli floraning tashqariga chiqib ketmasligi uchun to’siq bo’lish qobiliyatini yo’qotadi, buning natijasida ekssudat kolibatsillyar hidli, yiringli tabiatli tus oladi. Qisilishning so’nggi bosqichlarida rivojlanadigan va churra atrofidagi to’qimalarga tarqaladigan yiringli yallig’lanish, ildiz otgan, lekin unchalik aniq bo’lmagan «churra xaltasi flegmonasi» nomini olgan.



Download 376,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish