Bog'liq O'tkir qorin keltirib chiqaruvchi kasalliklar, o'tkir appenditsit, o'tkir xolesistit, oshqozon va 12 barmoq ichak yaralari perfaratsiyasi, o'tkir ichak tutilishi, churra qisilishi kasalliklari ularda shoshilinch yordam ko’rsatish.
O’tkir va surunkali shakllarda kalkulyoz xolesistit;
O’tkir va surunkali shakllarda nokalkulyoz xoletsistit.
Umuman olganda, bu ikki shakli etiopatogenez nuqtai nazaridan boshqa-boshqa kasalliklardir. Birinchi holatda sabab — o’t pufagining ta’sirlanishi va cho’zilishi, ikkinchi holatda esa innervatsiya natijasida o’t pufagi devori faoliyat ko’rsatishining buzilishidir.
KALKULYOZ XOLESISTIT
Kalkulyoz xolesistit (toshli xolesistit) — bu organizmdagi modda almashinuvi buzilishi, tosh shakllanishi va yallig’lanishni o’z ichiga olgan uchta patologik jarayonlarning birlashuvi va o’zaro ta’siridir.
Kalkulyoz xolesistitning patogenezi bir necha bosqichda rivojlanadi:
Modda almashinuvi (metabolizm) buzilishi — o’t pufagining bo’shlig’ida konkrementlar (xolelitiaz) shakllanishi yoki safro-tosh kasalligi;
O’t pufagi shilliq qavatining o’tkir konkrementlar bilan jarohatlanishi;
Ichak mikroflorasi bilan zararlanishi va keyin o’t pufagi devorlarining yallig’lanishi.
Toshlarning shakllanishi — modda almashinuvi tufayli yuzaga kelgan patologik jarayonlarning natijasidir. Toshlar xolesterin, pigmentlar (bilirubin) va kaltsiy oksidi (so’ndirilmagan ohak) dan iborat bo’lib, ular deyarli doimo xolesterinning ustunligi bilan aralash holda bo’ladi. Normada ortiqcha xolesterin, bilirubin va kaltsiy najas bilan chiqarib yuboriladi.
O’t pufagidagi toshlar quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:
Kristall;
Fibroz;
Amorf;
Qatlamli.
Toshlarning kattaligi turlicha. Diametri 3 mm dan kichik, silliq bo’lgan toshlar organizmdan ichak orqali osonlikcha chiqarib yuboriladi.
Ikkilamchi (o’t yo’llari va jigar ichi kanallarida hosil bo’ladi).
Surunkali kalkulyoz xolesistit — o’t pufagi devorlarining yallig’lanishi bo’lib, u remissiya va xuruj davrlari bilan xarakterlanadi. Surunkali kalkulyoz xolesistitining kuchayishi davrini o’tkir yallig’lanish deb hisoblash kerak.
Surunkali kalkulyoz xolesistitining davrlari:
Remisiya davri (so’nishi) bezovtalik sababining bartaraf etilishi (safroning o’n ikki barmoqli ichakka quyilishini vaqtincha tiklanishi);
Zo’rayishi (kuchayishi) davri kanalning ikkilamchi obstruktsiyasi (to’silishi) va / yoki infektsiya qavati hosil bo’lishi sabab sodir bo’ladi.
Zo’rayish alomatlari yog’li oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin biroz vaqt o’tgach paydo bo’ladi:
Epigastral hududda, o’ng qovurg’a ostida yoki kindik sohasida og’irlikni his qilish;
Dispeptik buzilishlar (diareya va ich qotishi, og’izda achchiqlik, jig’ildon qaynashi).
Kalkulyoz xolesistitlarning asosida o’t-tosh kasalligi yotishi sababli, kasallikning surunkali kalkulyoz shaklini tashxislahs, davolash va oldini olish chora-tadbirlari o’t-tosh kasalligi kechishini hisobga olgan holda olib boriladi.