Cho‘kish – o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yoki
ko‘zlangan holda suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadi
va bu atrof muhit bilan gaz almashinuvini hamda nafas organlariga havo
tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Nafas olish
organlarining anatomik butunligi saqlangan hollarda, nafas olish
saqlanganda, nafas olish yo‘llariga suv yoki boshqa suyuqlik aspiratsiyasi
(tiqilishi); laringospazm natijasida o‘pka gaz almashinuvining to‘xtashi;
psixik yoki reflektor ta’sirlar (sovuqdan shok, suvga urilish) natijasida
yurakning to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin. Cho‘kishning terminal
holatga o‘tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida rivojlanadi, bunda
gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining
buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi
Asfiksik va haqiqiy cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishda
to‘satdan kuchli sovqotish natijasida yurak faoliyati va nafas olishning
reflektor to‘xtashi kuzatiladi. Bunga bog‘liq cho‘kish juda tez sodir
bo‘ladi. O‘pkalar suv bilan to‘lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda
bo‘ladi. Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas
yo‘llaridan ko‘piksimon moddalar ajraladi.
Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlik
bilan o‘pkaga tushadi, bemor ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va burnidan
pushti rangdagi ko‘piksimon moddalarning ajralishi kuzatiladi. Yurakning
yopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak qafasiga bosilganda ko‘pik
miqdori nisbatan ko‘payadi. Dengiz suvida cho‘kishdan chuchuk suv
havzasiga cho‘kish bir-biridan katta farq qiladi. Chuchuk suv havzasida
natriy ionlari qon plazmasidagiga qaraganda kamroq, nafas yo‘llariga
tushgan suv tezda qonga so‘riladi, bu qonning suyulishiga olib keladi, qon
eritrotsitlari o‘zgaradi. Dengiz suvi natriy ionlariga boy va uning osmotik
bosimi qonnikidan balandroq. Dengiz suvi o‘pka alveolasiga tushganda
qonning suyuq qismi alveolaga yo‘naladi, bu o‘tkir o‘pka shishini
chaqiradi.Voqea sodir bo‘lgan joyda va qutqarish stansiyasiga transportirovka
qilish vaqtida tez yordam berishning jonlantirish usullarini yaxshi biluvchi
shaxslar bilan o‘tkazish qutqarish imkoniyatini yanada oshiradi.
Cho‘kishning boshlang‘ich davrida yordam berish tinchlantirishga, qon va
qon aylanishini yaxshilashga (shokka qarshi, isitish, artish, analeptiklar)
qaratilgan bo‘ladi. Agoniya va klinik o‘lim davrlarida mustaqil nafas olish
va yurak qisqarishlarini tiklash uchun kompleks jonlantirish choratadbirlari
o‘tkaziladi.