Yo’qchilik va to’qchilik
Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o’qiydiganlarda pul yo’q. Puli ko’plar kitob o’qimaydi.
Tebranma dunyo
Mehr-yaxshilik, qahr-yomonlik belgisi, degan gap bor...
Teskarisi bo’lsa-chi?
Tasavvur qiling. Bir nomard, begunoh odamni o’ldirdi. Siz mehr ko’rgizib, uni jazodan saqlab qoldingiz. U ertasiga boshqa bir begunohni o’ldirdi. Sizning mehringiz yaxshilikka emas, yomonlikka sabab bo’ldi…
Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan haqiqatlar ham bo’ladi…
Ildiz
Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O’z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi.
O’lchov
Umr o’lchovi yolg’iz Ollohga, mazmuni esa ko’p jihatdan insonning o’ziga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |