Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 14-umumta`lim maktabida diniy ekstremizm va terrorizmga , jinoyatchilikka , huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida o`tkazilgan yi`g`ilish
BAYONNOMASIdan ko`chirma
Samarqand sh
14.02.2013 y
Qatnashdi:
Maktab o`quv ishlar bo`yicha director o`rinbosari : I.Shodiyeva
Maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari – Babayarova N
Mazkur ishlar bo`yicha Kotiba- Qosimova M.J
7 nafar Sinf rahbarlar va ped xodimlar.
178 nafar 8-9-sinf o`quvchilari
Ishtirok etdi:
Samarqand shahar ”Panjob” masjidi bosh imom xatibi Rizayev Botirali .
KUN TARTIBI:
Xunrezlik
Kalavaning uchi.
Giyohvandlikning oqibatlari
Iblis xujrasi.
Xazilning oqibati mavzularidagi videoroliklarning namoyishi.
Tomosha qilindi:
Yig`ilishni maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Babayarova N ochib, bugungi yig`ilsh kun tartibiga kiritilgan mavzular bilan tanishtirdi. Namoyish etiladigan videorolikdagi manzaralarni diqqat bilan tomosha qilish va shundan so`ng birgalikda muhokama qilish aytildi. Fil`m va undagi voqeliklarni diqqat bilan kuzatish va har bir fil`m asnosida bo`lgan voqeliklarni muhokama qilishlikni “Panjob” imom xatibi Rizayev B ta`kidladi.
O`quvchilarga namoyish tugagandan so`ng kerakli tushunchalar va yo`nalishlar berildi. Masalan , “Xunrezlik” fil`mida anchagina ildiz otib ketgan jinoyat ochilganligi bayon etilgan . Ungacha bir qancha xalq manfaati yo`lida xizmat qilib yurgan insonlarning yostig`I quriganligi, unda bir marta jinota qilib Davlatimiz Prezidenti tomonidan kechirilgan jinoyatchilarning o`zlariga kerakli hulosalarni chiqarmasdan , yana jinoyat yo`liga kirib Vataniga va xalqiga qarshi yashirin ishlarni olib borganligi haqida namoyish etildi. Bunday insonlar biz bilan yonma-yon , oramizda yashab yurganliklarini eshitganimizda seskanib ketasan kishi . Bundan xulosa shuki atrofimizdagi odamlar va ularning hatti-harakatlariga e`tiborli bo`lishimizga chorlaydi.
Giyohvandlik va uning oqibatlari fil`mini ko`rganda , insonning butunlay qiyofadan chiqib ketganligi , uni inson deb atashning o`zi mushkul holatga tushib qolganligini ko`ramiz. Bu yo`lga kirish oson , undan chiqiqb ketish esa o`ta mushkul ekanligi haqida namoyon etilgan. Bundan ham o`quvchilar o`zlariga kerakli hulosalarni chiqarib olishdi degan umiddamiz.
“Iblis hujrasi” fil`mida dindan chiqqanlar , o`z vijdoni , o`zligini ham yo`qotganlar , bunga o`xshaganlar esa xalqini va Vatanini sotib yubormasligiga hech kim kafolot berollamsligi haqida bayon etilgan . Bu yo`lga yosh bolalar ham qamrab olinganligi achinarli axvol. O`quvchilarga mana shu va shunga o`xshash holatlarni bilsangiz , sezsangiz albatta kelib aytishliklari uqtirildi.
Namoyish so`ngida o`quvchilarning fikr-mulohazalari o`rganilib ularga tushunchalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |