B A Y O N N O M A S I
Samarqand sh
03.04.2013
Qatnashdi:
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari – Balikulova Z.K, Yaxyoyeva N.X
Maktab xotin-qizlar qo`mitasi raisi- Qurbonova M
Huquq fani o`qituvchisi – Aliyeva Sh
Davirova A.O`9-A sinf rahbari,
Ibragimova I 9-B sinf rahbari
58 nafar o`quvchilar
KUN TARTIBI:
O`zbekistonda vijdon erkinligi va huquqiy mezoni.
Eshitildi:
Maktabning ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari –Balikulova Z maktab o`quvchilarini tartibga chaqirib yig`ilishni ochib berdi va bugungi yig`ilish kun tartibiga qo`yilgan masala bilan tanishtirdi. O`quvchilarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri tashkiletish borasida maktabda jami 1634 nafar o`quvchi bo`lsa , shundan 800dan ortig`i bugungi kunda turli xil sport va boshqa fan, ijodiy to`garaklarga band etilganligi haqida ma`lumot berdi. Birinchi bo`lib so`z navbatini Huquq fani o`qituvchisi – Aliyeva Shga berdi. U bugungi kunda o`quvchining , bolaning bosh vaqtini band etish , bosh vaqtini to`g`ri tashkil etish nechog`li ahamiyatli va muuhim ekanligiga to`xtaldi. Ya`ni mahallalarda ham hozirda ushbu ish yuzasidan to`garaklar ochilayotganligi . Ushbu to`garaklar haqida ota-onalarga aytilib , ularning farzandlari qamrab olinayotganligi haqida gapirdi. Lekin bu bilan har bir o`quvchining bo`sh vaqti qamrab olinmasligi ekanli, bu esa muhokamaga doir masala ekanligi haqida to`xtaldi.
U bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar va bu imkoniyatlardan yoshlarimiz qay darajada foydalana olayotganligi haqida to`xtaldi. Ya`ni b a`zi yoshlar imkoniyatlardan to`g`ri foydalanib dunyo miqyosida yutuqlarga erishib O`zbekiston Davlatini dovrug`ini dunyoga yoyayotgan bo`lsa , ba`zi yoshlar ular bilan bir sharoitda , ir imkoniyatda bo`lishsa ham ba`zi jinoyatlarga qo`l urayotganligi , oddiygina qilib aytadigan bo`lsak maktabdan sababsiz dars qoldirmaslikni uddasidan chiqa olmayotganligini ko`rishimiz mumkin. Prezidentimiz yoshlarga alohida e`tabor qaratib , ularga bir qancha yo`l – yo`riqlar yaratib bermoqda. Usbular haqida o`zining asarlarida ham bayon etgan . Ulardan biri “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kusch ” asari hisoblanadi. Ushbu asarda vijdon erkinligi haqida alohida to`xtalib o`tilib ,Davlatimizda yashayotgan har bir fuqaro yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib ijod qilishga , Ko`nstitutsiyada belgilangan haq-huquqlaridan foydalanishga ega ekanligi haqida aytgan.
QAROR QILINDI:
O`quvchilar bosh vaqti haqida eshittirilgan ma`ruzalar ma`lumot uchun qabul qilinsin.
O`quvchilarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar bilan hamkorlik , muloqot yo`lga qo`yilsin.
Mahalla va maktabdagi to`garak faoliyatlarining ishlari yanada jonlantirilsin.
Har bir bolaning bosh vaqti ota-onalar bilan birga sinf rahbari tpmonidan o`rganilib chiqilib , ularni qiziqishlariga ko`ra band etish yo`l-yo`riqlar ko`rib chiqilsin va amalga tadbiq etilsin.
O`zbekistonda vijdon erkinligi va huquqiy mezonlari” mavzusidagi ma`ruza ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Kotiba : Radjabova Z
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Saydullayeva D.R________
Do'stlaringiz bilan baham: |