O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish siyosatining amalga oshirilishi



Download 2,23 Mb.
bet101/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish siyosatining amalga oshirilishi

Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari milliy modelining eng muhim prinsipi hisoblanadi. U keng doiradagi masalalarni, jumladan aholi daromadlari-ni tartibga solish, bandlikni ta’minlash va yangi mehnat munosabatlarini shakl-lantirish, ijtimoiy himoya va aholining ayrim toifalari va guruhlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlashni rivojlanti-rish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim masalalarini o‘z ichiga oladi.


Muhtojlarga moddiy va tashkiliy yordam berish, Pensiya ta’minoti tizimi, byudjet mexanizmi va davlat kafolatlari orqali talabalarni, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyani ta’minlash mexanizmlariga kiradi. O‘zbekistonda etim bolalar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratil-moqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ–3268-sonli «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi [1] Qarorida aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash valyuta siyosatini erkinlashti-rish yo‘llarini yumshatish chora-tadbirlari-dan biri sifatida nazarda tutilgan. SHu bilan birga, aholining muhtoj qatlam-lariga manzilli ijtimoiy yordam berishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda. Istiqbolda kam ta’minlanganlik darajasini kamaytirish-ni aholining turli qatlamlari orasida daromadlar bo‘yicha notenglikni kamayti-rish bilan birga olib borish kerak, bu esa barqaror taraqqiyot prinsiplari nuqtai nazaridan qonuniy hisoblanadi

Kelgusida ijtimoiy siyosat nafaqat aholining ish haqini real oshirish va kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand qatlam-larini maqsadli ijtimoiy himoya qilish sharoitlarini ta’minlash orqali, balki ularni iqtisodiy faoliyatga faol jalb qilish uchun imkoniyat yaratish asosida amalga oshiriladi [3]. O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va moddiy yordam sohasidagi ijtimoiy siyosatning zamonaviy tendensiyalarida asosiy yunalishlari quyidagilar hisoblanadi:


• aholi daromadlarini tartibga solish;
• aholini ijtimoiy himoya qilish;
• ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash;
• bandlik muammolarini hal qilish;
• sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyatni moliyalashtirishni qayta tashkil etish;
• respublikada demografik vaziyatni yaxshilash;
• ekologik zararli korxonalarni tugatish. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasa-larida ovqatlanishni tashkil etish va to‘lash tartibi belgilangan bo‘lib, unda quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslar nazarda tutilgan
• I va II guruh nogironlar;
• bolalikdan nogironlar;
• 1941-1945 yillardagi urush nogiron-lari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
• CHernobil AESidagi halokat oqibat-larini tugatishda qatnashgan – nogiron shaxslar;
• 1941-1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
• baynalmilalchi jangchilar;
• yetim bolalar;
• vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar;
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari;
• chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar;
• «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» («Pochetnыy donor Respubliki Uzbekistan») ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
• 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar
Albatta, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish aholi farovonligining muayyan darajasini saq-lash, ijtimoiy himoya tizimini takomil-lashtirish, inson kapitalini rivojlan-tirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish – ijtimoiy xavflarni kamaytirib boradi.
Zamonaviy sharoitda ijtimoiy qimoya ijtimoiy tengsizlikning o‘sishiga, aholi ijtimoiy tabaqalanish jarayonining chuqurlashishiga imkon bermaslikning samarali vositasiga aylandi. Ijtimoiy me’yorlar talablariga muvofiq fuqarolarga maqbul turmush sharoitlarining yaratib berilishi turmush darajasining o‘sishiga, aholi yashash sifati yaxshilanishiga, jamiyat farovonligini oshirishga yordam beradi.
Aholiga yaratilgan ijtimoiy-mehnat darajasi va sifatini oshirish aholini ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirishning strategik maqsadi hisob-lanadi. Ma’lumki, islohotlar davrida ijtimoiy himoya tizimining yangi turi shakllandi. U ijtimoiy himoya sub’yektlari - davlat, hududlar, umuman, jamiyat, tadbirkorlar, oila, fuqaroning faol rol o‘ynashiga asoslangan. Davlatning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash siyosati aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvorliklaridir. Davlat siyosati moddiy to‘lovlarning toifalashgan turlari va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish doirasida amalga oshiriladi. Hozirgi ijtimoiy himoya tizimi takomillashtirilgani sayin tobora murakkab tuzilgan tizimga aylanib bormoqda. Pensiya ta’minoti, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, sotsializatsiya va reabilitatsiya chora-tadbirlarini takomil-lashtirishdan tashqari nafaqat hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirishga, balki madaniy kamolot, dam olish, bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazish, ta’lim olish va kasbga ega bo‘lish, ishga joylashish masalalariga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmokda.
YAqin o‘n yillikda, eng avvalo, sog‘liqni saqlashda, ijtimoiy ta’minotda va bandlikni himoya qilish sohasida sug‘urta prinsiplari va mexanizmlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish chora-tadbirlari, «Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilish dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Tibbiy sug‘urta sog‘liqni asrashda aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli hisoblanadi va bugungi kunda ixtiyoriy sanaladi va bu sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi shaxs o‘rtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tibbiy sug‘urtaning ixtiyoriy tizimi o‘tkir, surunkali kasalliklarga va boshqa kasal-liklarga chalinganda xodimning O‘zbekiston Respublikasining eng yaxshi klinikalarida maslahat olish, davolanish va boshqa yordam olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashi kerak. O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta hali kuchga kirmagan va ishlab chiqish bosqichida turibdi.
SHuningdek, aholining muhtoj qatlam-lari uchun bepul ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini saqlab qolish, butun aholi sifatli tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanishi uchun jamoat institutlari va mahalliy hokimiyat organlari ishtirokida davlat nazoratini amalga oshirish zarur
Tenglikni ta’minlashga oid olib borilayotgan siyosatda e’tiborni o‘zgartirish bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi:
• aholining ijtimoiy zaif toifalariga mansub shaxslarni reabilitatsiya dasturlari bilan qamrab olishni oshirish va bu dasturlar sifatini nazorat qilish mexa-nizmini takomillashtirish;
• sotsiologik tadqiqotlar vositalaridan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mezonlardan foydalangan holda ijtimoiy xizmatlar sifatini baholashning o‘ziga xos indikatorlarini ishlab chiqish.
Kelgusida ijtimoiy siyosat va aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlari uchun ish haqini oshirish va ijtimoiy himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish orqali emas, balki ularni iqtisodiy faoliyatga faol jalb qilish uchun imkoniyatlar berish va oilalarning iqtisodiy salohiyati va uni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni ta’minlovchi maqsadli ijtimoiy himoya mexanizmlarini yaxshilash asosida olib boriladi.
Sanoatlashtirish darajasi past bo‘lgan hududlarda chora-tadbirlar majmui quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
• hududning resurs qazib olishga
ixtisoslashganligini inobatga olib, iqtisodiy faolligi darajasi past bo‘lgan tumanlar va shaharlarda sanoat va xizmat-lar sohasi ob’ektlarini rivojlantirish hamda joylashtirish dasturini ishlab chiqish;
• qishloq joylarda mikrokreditlashning yangi shakllari va usullaridan foydalanib, kichik biznesni rivojlantirish;
• mintaqa hududida kasb-hunar kollej-lari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylash-tirish chora-tadbirlarini kuchaytirish.
Yoshlarni ishga joylashtirish mexanizm-lari Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish va mehnat bozoriga moslashtirish tizimini yaratish zarur:
• ta’lim oluvchi – uni chiqaruvchi kafedra
– oliy o‘quv yurtining ishga joylashtirish markazi – ish beruvchi. Bu tizimning yaratilishi ta’lim tizimining ijtimoiy foydali natijasi darajasini oshirish imkonini beradi, tashkilotlar va korxona-lar kadrlar tarkibini qayta tuzish, yosh mutaxassislarni kasbiy va ijtimoiy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mehnat bozorida ijtimoiy keskinlik darajasini pasaytiradi Natijada maqsadli normativlarga yaqinlashish mezoni bo‘yicha o‘rta sinf kengayishi kerak, bu esa turmush darajasi o‘sishidan va olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy bazasi kengayishidan darak beradi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad o‘sishi, aholining ta’minlan-ganlik darajasi yaxshilanishi o‘rta sinf o‘sishining belgilari hisoblanadi. O‘zbekistonni uzoq muddatli barqaror rivojlantirish istiqbollari mamlakat-ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida - bank tizimi o‘sishida, sanoatlashish jadal-lashuvida va institutsional islohotlarda sifatli o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Kam ta’minlanganlikni cheklashga qara-tilgan, eng avvalo, qishloq joylarda yangi samarali ish o‘rinlari tashkil etadigan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur. YUqorida taklif etilgan bu va boshqa tavsiyalar O‘zbekistonda kam ta’minlan-ganlikni 2030 yilga kelib 9 foizga kamaytirish doimiy ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu esa inson kapitali, va umuman, iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashadi.



Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish