Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Namangan viloyati Namangan tumanidagi 3-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori O.Abdurasulovga 7-sinf o’quvchisi Donoxo’jayev A’zamdan
ARIZA
Ota-onam bilan birga Namangan tumani Tepaqo’rg’on qishlog’iga doimiy yashash uchun ko’chib kelganimiz sababli, meni maktabning 7-sinfiga qabul qilishingizni so’rayman.
2005-yil 10-avgust (imzo) O. Karimov
Buxoro DU filologiya fakultetining 3-kurs:
talabasi, 1985-yilda tug’ilgan, o’zbek
Xolidaxon Xolboyevaga
TAVSIFNOMA
O’ktamov Nuriddin 6-sonli maktab internatini tugatgach, 2007-yilda filologiya fakultetining 1-kursiga o’qishga kirdi.
Universitetda o’qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va tirishqoq talaba sifatida o’zini ko’rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o’rganishga harakat qildi. Tilshunoslik fanlariga alohida qiziqdi. U 2003-yilning aprel oyida talabalarning Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
N.O’ktamov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning «Yosh tilshunos» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.
U kamtarin va to’g’riso’zligi, do’stlariga mehribonligi sababli hamkurslari hurmatiga sazovor bo’lgan.
Tavsifnoma Namangan viloyati Uchqo’rg’on tuman hokimiyatiga taqdim qilish uchun berildi.
Dekan: (imzo) I. Azimov
Kasaba uyushmasi raisi: (imzo) M. Rahmatov
(muhr) (sana)
ISHONCHNOMA
Men Qarshi shahar, Sohibqiron Temur ko’chasi, 37 «a»-uy, 8- xonada yashovchi Sayyora Jonboyeva singlim Xolida Jonboyevaga shaharning 7-aloqa bo’limida mening nomimga kelgan pochta jo’natmasini olish uchun ishonch bildiraman.
2005-yil 1-fevral (imzo) S. Jonboyeva
S. Jonboyeva imzosini tasdiqlayman.
Xodimlar bo’limi boshlig’i (imzo) X. Jo’rayev
(muhr) 2005-yil 1-fevral
MA’LUMOTNOMA
Sohiba Oripova Samarqand shahar Istiqlol ko’chasi, 13-uy 37-xo-nadonda yashaydi.
Ma’lumotnoma Samarqand Davlat universitetiga taqdim etish uchun berildi.
«Istiqlol» mahalla fuqarolar yig’ini raisi: (imzo) Yu. Shokirov
Kotibi: (imzo) A. Xolmatov
o’quvchilarga berilgan namunalar asosida sinfdoshlariga ariza, tavsifnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma yozish topshiriladi.
TARJIMAYI HOL
Men — Nodir Ahmedov, 1991-yilning 21-martida Surxondaryo viloyatidagi Denov shahrida tug’ilganman.
Otam — Muzaffar Ahmedov, zavodda ishlaydi.
Onam — Zebunniso Ahmedova, maktabda o’qituvchi.
Opam — Oybarchin Ahmedova, kasalxonada hamshira bo’lib ishlaydi.
Men 1998-yili Denov shahridagi 8-o’rta maktabning 1-sinfiga o’qishga kirib, hozir shu maktabning 7-sinfida o’qiyapman. Sinf devoriy gazetasining muharririman.
09.05.200... (imzo) (N. Ahmedov)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |