O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Qurilish fakulteti
"Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi " kafedrasi
"Issiqlik ta’minoti va issiqlik jarayonlari" fanidan
KURS IShI
Bajardi: J.Abbosov
Raxbar: A.Ibroximov
Taqrizchi: _____________
Kafedra mudiri: M.Madraximov
Farg‘ona-2021
Kirish.
O‘tgan davr mobaynida respublikada issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish holati kompleks o‘rganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkazildi.
Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik ta’minoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda.
Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan ta’minlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «2018 — 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2912-son qaroriga muvofiq iste’molchilarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash va uning sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqaruvning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 2018 — 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda;
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi;
b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi;
3. Belgilansinki, issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilar uchun javobgardir:
issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashni, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;
issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
issiqlik ta’minoti tizimi ob’ektlarining holati, foydalanilishi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
b) Toshkent shahar hokimligi ushbu bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarning Toshkent shahrida amalga oshirilishi uchun javobgardir.
4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning ob’ektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan Issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik ta’minoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish;
resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida issiqlik energiyasi va issiq suvni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilishni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni inobatga olgan holda, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini 2019 — 2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazish;
aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida, ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |