1.2. Neytrino.
Eng yengil zarrachalarning ikkinchisi — neytrinodir.Bu zarracha grekcha (nyu) harfi bilan belgilanadi. Bunday zarracha mavjudligini birinchi marta 1934- yilda Pauli o’z nazariyasida oldindan aytib bergan. Pauli nazariyasining to’g’riligi 50-yillarning boshlarida tajribada tasdiqlandi.
1-rasm
XX asrning boshlaridayoq, atomlarning yadrolari o‘zlaridan elektronlar chiqarib parchalanishlari mumkinligi tajribada tasdiqlangan edi. Yadrolarning bunday parchalanishi β (beta)- parchalanish deb ataladi. Bunday parchalanish vaqtida yadrolar o‘zlaridan bir manfiy zaryad chiqargani uchun, ularning musbat zaryadlari bittaga ortadi. Elektronlarning massalari yadrolarning massalaridan juda ham kichik bo‘lganligi uchun (taxminan 1836-n marta, n — yadrodagi nuklonlarning soni) yadroning atom og‘irligi o’zgarmaydi. Masalan, nuklonlar soni 40 va atom nomeri 19 bo‘lgan kaliy yadrosi β- parchalanish natijasida nuklonlar soni 40 va atom nomera 20 ga teng bo‘lgan kalsiy yadrosiga aylanadi:
K4010 → Ca4020+e − (8)
Quyidagicha savol tug’ilishi mumkin: β- parchalanish paytida yadrolarda elektronlar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Biz yuqorida atomlar bir holatdan ikkinchi holatga o’tgan paytida o‘zidan γ- kvantlar chiqarishini ko’rgan edik. Ikkinchi tomondan γ - kvantlar — yorug’lik nuri kvantlaridir. Yorug’lik nurlari atomlarda uchramaydi. Demak, γ - kvantlar atomlar bir holatdan ikkinchi holatga o’tish vaqtida atomda paydo bo‘ladi. Xuddi shunga o’xshash elektronlar yadrolarning tarkibida bo’lishi mumkin emas, ular yadrolarning β- parchalanishi vaqtida paydo bo‘ladi.
Yadrolarning β- parchalanishiga bag’ishlangan bunday tajriba natijalarini izohlab berish o‘sha davrda juda ham qiyin edi. Chunki, bunday tajriba natijalari tabiatning asosiy qonunlari — energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonunlariga qarama-qarshi edi. Tajriba natijalarini izohlashning asosiy qiyin tomoni quyidagilardan iborat. Biz yuqorida yadrolarning o‘zlaridan elektron chiqarish hodisasi atomlarning o‘zlaridan γ- nurlar chiqarish hodisasiga o’xshashligini yuqorida ko’rsatib o’tgan edik. Lekin yadrolarning β - parchalanishi hodisasining boshqa bir tomoni bor. Ma’lumki, atomlar bir energetik holatdan ikkinchi energetik holatga o‘tganda o‘zlaridan γ - kvantlar chiqaradi. Shuning uchun bunday fotonlar, atomlarning energetik holatlariga bog’liq ravishda ma’lum bir energiyaga ega bo‘ladi.
Demak, atomlardan chiqarilgan fotonlarning energiyalari diskret qiymatlarni qabul qiladi. Yadrolarning β – parchalanishi vaqtida chiqarilgan elektronlarning energiyalari ham diskret qiymatlarni qabul qiladi deb o’ylashimiz mumkin edi. Lekin tajriba natijalari bunday bo‘lib chiqmadi: β - parchalanish vaqtida chiqarilgan elektronlar energiyalari har qanday uzluksiz qiymatlarga ega bo’ladi. Ma’lumki, yadro tarkibida bo‘lgan neytron turg’undir. Lekin erkin neytronda β - parchalanish hodisasi bo‘lib o’tishi mumkin. Ana shu neytronning β - parchalanish hodisasini misol tariqasida ko‘rib chiqamiz.
Neytronda β- parchalanish hodisasi qay tarzda bo‘lib o’tadi? Ana shu savolga javob berishga harakat qilamiz. Birinchidan neytronning β - parchalanish vaqtida elementar zarrachalar fizikasidagi hamma saqlanish qonunlari bajarilishi kerak Agar biz zaryad saqlanish qonuniga e’tibor bersak, neytronning β- parchalanishidan keyin proton va elektron bo’lishi kerak. Chunki neytronning zaryadi nolga teng, protonning zaryadi +1 ta va elektronning zaryadi —1 ga teng. Neytronning β - parchalanishi energiyaning saqlanish qonuni nuqtai nazaridan ham mumkindir. Chunki, neytronning tinch holatdagi energiyasi proton va elektronlarning tinch holatdagi energiyasidan katta. Agar biz neytronning β - parchalanishida energiya va impuls saqlanish qonunlarini to’laroq ko‘rib chiqsak, deyarli hamma kinetik energiyani elektron qabul qilishiga ishonch qilgan bo‘lar edik. Demak, agar neytronning tinch holatdagi energiyasini ε1, protonning tinch holatdagi energiyasini ε2 va elektronning tinch holatdagi energiyasini mec2 deb belgilasak, elektronning kinetik energiyasi Te quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |