9-jadval
Kvarklar xushbo’yligi: U - yuqori (up), d - past (down), s - g’alati (strange),
C - maftun (charmed), t - haqiqiy (truth),
b - go’zal (beauty).
Kvarklar rangi: R-qizil (red), G-yashil (green), B-ko’k(blue).
QISQACHA TUSHUNCHALAR
Kvarklar. Yadrolar xuddi proton va neytronlardan tashkil topgani kabi kuchli ta’sirda ishtirok etuvchi adronlar kvarklardan tashkil topgan. Kvarklarning muhim xrakteristikalari ularning massasi bo’lib, hisoblashlarcha bir necha GeV ya’ni 10 ta nuklondan ham ortiq.
Kvarklarni rangli tabiati. Barion tarkibiga kiruvchi uchta kvarkning o’zaro o’xshash emasligi uchun uch xil rang berilgan: qizil, yashil, ko’k ranglar. Antikvarklar uchun: antiqizil, antiyashil, antiko’k. kvark va antikvarklarning qo’shilishidan mezon va barionlar hosil bo’ladi. kvark va antikvark qo’shilgan holat rangsiz bo’ladi.
Maftunkor, go’zal, haqiqiy kvarklar. Yagona maydon nazariyasiga ko’ra yana to’rtinchi maftun kvark kiritilishi kuchsiz jarayonlarni yuz berish ehtimolligi ifodasida katta qiymatlarga olib keluvchi, jarayonni to’g’ri yoritishga erishiladi. J/φ – mezonni ochilishi C kvark – maftun kvark va – antikvarkning birgalikdagi bog’langan holati bo’lib chiqdi. Bular bitta maftun kvark yoki antikvarklardan tuzilgan adronlardir. To’rtinchi maftun kvarkni elektron zaryadi 2/3 ga, g’alatiligi nolga teng.
Rezonanslar. π – mezonlarni protonlarda sochilishi jarayonida yangi rezonans zarralari kashf etildi. Ya’ni sochilayotgan zarra energiyasi keskin ortib ketishi ro’y berdi. Umuman rezonanslarni yashash vaqtini o’ta qisqaligi 10-23 s Pion va nuklonlarni o’zaro bog’langan holati deb qaraladi.
G’alati zarralar. G’alatilik. Kosmik nurlarni qayd qilishda izi V simon parchalanishni kuzatilib, bunday iz qoldiruvchi zarralar o’rganilganda massalari jihatdan mezonlar bilan nuklonlar o’rtasida bo’lib, uni parchalanishi asosida yashash vaqti 10-6–10-8 s ekani topildi. Bu esa kuchsiz ta’sirga daxldor zarra bo’lishi kerak edi. Bu g’alati tabiatga ega zarralarni g’alati zarralar, ularga mos kvant sonlar g’alatilik deb ataldi. G’alatilik kvant sonini S ma’nosi giperzaryad kvant sonini saqlanish qonunini ta’minlashdan iborat, ya’ni Y=S+B. Y-giperzaryad kvant soni, B–barion zaryadi soni.
Izotopik spin. Kuchli o’zaro ta’sir zarralarining har bir zaryad multipletiga ma’lum izospin qiymat taqqoslanadi. Umuman zaryad multipleti c ta zarradan tashkil topgan bo’lsa, uning izotopik spini quyidagicha aniqlanadi:
T=(i-1)/2.
Izo – teng, topos – o’rin ma’nosini bildirib zarralarning ma’lum bir o’ringa, ya’ni ma’lum multipletga taaluqliligini bildiradi. Saqlanish qonunlaridan biriga kiruvchi izotopik saqlanish qonuni elementar zarralarni kuchli o’zaro ta’siriga oid simmetriya bilan bog’liq bo’lgan kvant son T – izospin tushunchasini kiritilishi kuchli o’zaro ta’sirda ikkita p va k o’rniga izospini T=1/2 ga teng bitta zarra nuklon deb qarash mumkin bo’ladi. Tz=+1/2 nuklonni proton holati, T=-1/2 neytron holati bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |