Nizomiy nomidagi TDPU Termiz
filiali Pedagogika fakulteti BT va STI
yo’nalishi 401-guruh talabasi Kattaqulova
Nozbibining Termiz shahar 11-sonli
umum ta’lim maktabining 3-“b”sinfda
o’tagan pedagogik o’quv amaliyotidan
Hisoboti
Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 14 o`quv dars mashg`ulotlari xonalaridan tashkil topgan. Bino 2 ta korpus va sport zalidan iborat. Maktabda oliy toifaga ega bo`lgan ko`p yillik ish stajiga ega bo`lgan pedagoglar qatori yosh mutaxassislar, o`z kasbining fidoyi pedagog xodimlari o`quvchilar bilan ta’lim va tarbiya jarayonlarini uzviy ravishda olib bormoqda. Maktab xonalari qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo`lib, qo`shimcha ravishda yangi tahrirdagi o`quv-uslubiy adabiyotlar va jihozlar bilan ta`minlanib kelinmoqda. Barcha hududlarda maktablarni yuqori tezlikdagi internet bilan taminlash rejalari bo`yicha ish olib borilgan holda maktabga yuqori tezlikka ega bo`lgan internet liniyasi olib kelingan. Maktabning bir qator iqtidorli-faol o`quvchilari turli ko`rik tanlov va musobaqalarda qatnashib faxrli o`rinlarni qo`lga kiritib kelishmoqda.
Ta’lim muassasasiga kelishim bilan maktab direktori bilan o`tkaziladigan suhbatda qatnashdim. Suhbat davomida maktab direktori S.To’rayev tomonidan berilgan savollarga javoblar berish orqali, shuningdek o`z kelajakdagi rejalarim xususida gapirib o`tdim. Direktor tomonidan berilgan kasb faoliyatimda juda kerakli bo`ladigan takliflar, fikr mulohazalarini tingladim. Shundan so`ng amaliyot muddatini o`tash uchun maktabning oldi sinf jamoasidan bo`lgan 3“B”-sinfiga biriktirishdi. Sinf rahbari N.Shabbozova bilan yaqindan tanishdim. Sinf rahbari N.Shabbozova 25-yillik ish tajribasiga ega bo`lgan ma`alkali pedagog ekanlar.
Amaliyotni dars-mashg`ulotlarini o`qish vaqti 2 smenada tashkil qilingan 3“B”-sinf jamoasida sinf rahbari ko`magida o`tay boshladim. Sinfda 31 nafar o‘quvchisi bo`lib, shulardan 14 nafari o‘g‘il bolalar, 17 nafari qiz bolalar. Sinf rahbari N.Shabbozova bo‘lib, Boshlang`ich sinf o‘qituvchisi. 3 yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi. Kunlik dars mashg`ulotlarini avvalo biriktirilgan o`qituvchi N.Shabbozova darslarini muntazam kuzatish, o`qituvchining o`quvchilar bilan muomala munosabatlarini, darslarda qo`llaydigan metodlarini, baholash tizimini, faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirishini, darsda befarq munossabati bilan o`zini va boshqalarni chalg`itadigan past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan kechadigan munosabatlarini o`rganishdan boshladim.
Maktabdan biriktirilgan o`qituvchi ish jarayonlarini kuzatish davomida, ularninng ko`magi asosida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda dars ishlanmalarini ishlab chiqishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyot davri davomida bir necha bor o`qituvchilar tomonidan tashkil etilgan ochiq dars jarayonlariga kuzatuvchi sifatida qatnashib, ochiq darslarni qanday tashkillashtirishni, darslar davomida nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o`rgandim, ko`makchi bo`lib qatnashish asosida o`zim ham bir necha bor ochiq darslar o`tkazdim. Xususan, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag`ishlabgan ochiq darsni sinf rahbari N.Shabbozova ustoz bilan birgalikda tashkillashtirdik va yuqori saviyada o`tkazdik.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga, maktab jamoasi bilan yaqindan aloqalar o`rnatishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat(sinf) soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat(sinf) soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida sinf rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.
Sinfdagi o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishi va choraklik baholari asosida, shuningdek jamoat ishlari va tadbirlardagi ishtirokiga ko`ra ustoz bilan statistic ma`lumot ishlab chiqdik. Unga ko`ra, 3 “B”- sinf o‘quvchilarining 14 nafari a’lochi, 7 nafari “4” va”5” baholarga va 1 nafari “3” va “4” baholarga hamda 1 nafar faqat “3” bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar guruhiga ajratildi. Jumladan, a’lochi sinf o‘quvchilariga Absaxatov Avazbek, Tursoatova Farangiz, Valiyev Islom, Jaloliddinov Sunatullolarni kiritish mumkin. Sinfda a’lochi va faol o‘quvchilar bilan bir qatorda, sinfni orqaga tortadigan 2 nafar o‘quvchi ham bor. Ular, Tillayeva Sitora, Xursanov Sadriddin bo‘lib, bu o‘quvchilar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quvchilarni ham o‘quv yili oxiriga qadar faol o‘quvchilar qatoriga qo‘shishga harakat qilinmoqda.
Yuqoridagilardan tashqari bo`sh vaqtlarimda ta`lim olayotgan mutaxassislik yo`nalishidan tashqari hozirgi kunda yuqori suratlarda rivojlanib borayotgan IT yani, axborot texnologiyalari va komyuter bilan ishlash bo`yicha egallagan ish malakasi asosida nafaqat boshlang`ich sinf o`quvchilariga komyuter bilan tanish darslarini balki kata sinf o`quvchilariga ham darslardan bo`sh vaqtlarida ushbu yo`nalish bo`yicha o`z bilimlarimni o`rtoqlashdim.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tgan bir nechta tadbirlarda faol ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. Bunda, albatta, maktab ma`muriyatining e`tibori, tashkillashtirish jarayonidagi ko`mak va maslahatlari, shuningdek maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi.
Ushbu amaliyot davri davomida o`zlashtirganlarim, tuzatilgan kamchiliklarim asosida qilingan xulosalarim kelgusi ish faoliyatimda ast qotadi.
Ishonamanki, amaliyot davrida o’rgangan bilim va tajribalarim menga kelajakda o`z tanlagan soham bo`yicha yetuk kadr sifatida ish faoliyatimni boshlab olishda va bardavom davom ettirishda mustahkam poydevor bo`ladi desam adashmagan bo`laman.
Amaliyotchi talaba: Kattaqulova N.
Do'stlaringiz bilan baham: |