III. Ota-onalar universitetini tashkil
etish va unga rahbarlik
Ota-onalar universiteti faoliyati ta’lim muassasasi rahbariyatining maxsus buyrug`i bilan jamoatchilik asosida tashkil etiladi. Ta’lim muassasasi rahbari yoki ma’naviy va ma’rifiy tarbiya bo`yicha direktor o`rinbosari jamoatchilik asosida universitet rahbari (rektori) vazifasini bajaradi.
Ota-onalar universiteti o`z ishini har o`quv yilining boshidan boshlab, yil davomida faoliyat ko`rsatadi va ayrim mavzular bo`yicha mutaxassis ma’ruzachilar taklif etilishi lozim.
Ota-onalar universitetida mashg`ulotlar har oyda bir marta o`tkaziladi va unda barcha yoshdagi ota-onalarning dolzarb vazifalari va muammolari qamrab olinishi maqsadga muvofiqdir.
Mashg`ulotlar ota-onalar qo`mitasi bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan o`quv yili boshida tasdiqlangan o`quv rejasi asosida olib boriladi.
Mashg`ulotlar qiziqarli, davra suhbati, ma’ruza, munozara, seminar, trening mashg`ulotlari kabi ta’sirli, noan’anaviy shakllarda tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |