Tadqiqot maqsadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish tartibi, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, patronatga oid huquqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini tadqiq etish, bu borada hozirgi kunda mamlakatimizda mavjud bo’lgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan sud-huquq tizimini va qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo’llash amaliyotini yaxshilash sohasidagi takliflarni ishlab chiqish, tavsiya va xulosalar berish hamda ularni hayotga tatbiq etish yo’llarini asoslantirilgan holda ko’rsatib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |