Muammoning o’rganilganlik darajasi. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish tartibi, farzandlikka olish instituti vasiylik va homiylik, patronat O’zbekiston hududida amal qilgan huquq tizimlarida ma’lum darajada o’z ifodasini topganligini qayd etish lozim. Jumladan, farzandlikka olish bo’yicha munosabatlar islom huquqi normalarida o’z davrida fiqh mutaxassislari tomonidan chuqur tahlil etilgan. Jumladan, Burxoniddin Al-Marg’inoniyning “Hidoya”, “Muxtasar” asarlari va boshqa qator tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan.
Shuningdek, A.X.Saidov, A.R.Raxmanov, S.A.Isxokov va boshqalar tomonidan o’rganilgan6. O’zbekiston Respublikasida stivilist olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, jumladan, F.M.Otaxo’jaev, M.Vosiqova, G.Inomjanova, A.Yu.Azizova, Sh.R.Yuldasheva, N.A.Ashurova, Z.Esonovalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda farzandlikka olish bilan bog’liq ayrim jihatlar yoritilgan7.
Do'stlaringiz bilan baham: |