Talabalar mustaqil ishi boʻyicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Talabalar mustaqil ishi boʻyicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga moʻljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yoʻllanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Maslahat darsi tegishli fan oʻqituvchisi tomonidan oʻtkaziladi.
Fan oʻqituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yoʻllanma beradi.
topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;
talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, referat va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |