Hikoyadagi voqelik va tabiat tasviri uyg‘unligi. Ular nimaga xizmat qilgan?
Ushbu hikoyada voqelik va tabiat tasvirining uyg‘unligini bir necha o‘rinlarda kuzatish mumkin. Masalan: “…qattiq esayotgan shamoldan yomg‘ir hidi kelardi, ko‘chalar deyarli bo‘m-bo‘sh edi” taviri “koʻchadan vajohat bilan oʻtib borayotgan” politsiyachiga juda hamohang. Shamolning tezligi va politsiyachining vajohati bir-birini toʻldirib turibdi.
“Endi yomg‘ir maydalab, shig‘alab yog‘a boshlagandi, o‘qtin-o‘qtin esib turgan shamol ham bir maromga o‘tib, izg‘iringa aylangandi” jumlasi orqali endi vaziyat bir maromga tushganini, Bobni ortiq hech kim bezovta qilmaganini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |