OT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR
1. Narsa oti yasovchi qo’shimchalar:
1. -gi (-qi, -ki, -g’i, -g’u): supurgi, tepki, chopqi, tuyg’u.
2. -(i)q: taroq, bostiriq (ovqat, doridan so’ng suyuqlik ichish=bostiriq qilmoq), buyruq (buyur+iq=buyruq), chiziq, yirtiq, tishloq (tovush almasishi yuz bergan)
3. -gich: (-kich, -g’ich, -q’ich): savag’ich, ochqich, muzlatkich, chizg’ich
4. -(a)k: bo’lak, xurrak, bezak, varrak, po’kak
5. -ma: suzma, dimlama (ovqat), cho’kma (= cho’kindi), chizma, kesma, yuklama
6. -don: guldon, qalamdon, siyohdon
7. -(o)q: o’roq, boshoq, bo’yoq, so’roq, quchoq
8. -gak (-kak): eshkak, bezgak, ilgak
9. -(i)m: bog’lam, qatlam, bo’lim, chiqim, bo’g’im (aynan: bo’g’in)
10. -(i)ndi: qirindi, cho’kindi, yuvundi, chiqindi
11. -moq (-miq): quymoq (taom), bulamiq (atalasimon taom), ilmoq, chaqmoq
12. -choq (-chak): o’yinchoq, taqinchoq, belanchak
13. -(i)k: bitik, bo’rtik (aynan: bo’rtiq (joy)
14. -qon: bosqon, qopqon
15. -diq (-tik): o’rindiq, qoldiq; o’limtik
16. -doq (-ildoq): qo’ndoq, qovurdoq, shaqildoq (o’yinchoq), hiqildoq, liqildoq (ilik, yog’ kabi narsalar)
17. -lik: boylik, taglik, shirinlik, yorug’lik, hayitlik, jonliq, suvliq
18. -(i)t, -(o)t: chiqit, sizot (sizib chiquvchi suv)
19. -(i)ch: bog’ich, o’pich, chekich, cho’mich
20. -(o)v: bo’g’ov (kishan, band), burov (hayvonlar tumshug’iga solinadigan sirtmoq)
21. -(o)va: oqova, shovva (suvning quyilib tushish joyi)
22. -loq: po’stloq
23. -(i)n: tiqin, chaqin, qo’shin
24. -cha: qizilcha, qalamcha, olacha
25. -chi: suyunchi
26. -chiq: yopinchiq, suyanchiq
2. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:
1. -kash: aravakash, kirakash, o’rtakash
2. -bon: bog’bon, xazinabon
3. -dor: -chorvador, zamindor, quldor, taqvodor
4. -paz: oshpaz, shirapaz, kabobpaz
5. -soz: mashinasoz, aravasoz, soatsoz
6. -chi: gulchi, yilqichi, ko’nchi
7. -shunos: aholishunos, oyshunos, tilshunos
8. -boz: dorboz, masxaraboz, pichoqboz
9. -dosh: sinfdosh, quroldosh, partadosh
10. -gar/-gor/-kar/-kor: zargar, talabgor, miskar, sholikor
11. -do’z: etikdo’z, kashtado’z, do’ppido’z
12. -xo’r: mayxo’r, choyxo’r
13. -xon: g’azalxon, kitobxon, jurnalxon
14. -go’y: maslahatgo’y, arzgo’y
15. -furush: chitfurush, qoqifurush
16. -vachcha: xola/tog’a+vachcha
17. -(u)vchi: uchuvchi, saylovchi
18. -dak: yugurdak
19. -kush: padarkush, insonkush, xudkush
20. -ar: chopar
21. -lik: quvalik, shaharlik, shimollik, vodiylik, boshliq
22. -ist: jurnalist, mashinist, terrorist
23. -qin: tutqun, qochqin
3. O’rin-joy oti yasovchi qo’shimchalar
1. -zor: gulzor, mevazor, ekinzor
2. -goh: o’yingoh, sihatgoh, manzilgoh
3. -loq: o’tloq, qumloq
4. -iston: go’riston, Turkiston
5. -ma: bostirma, qaynama (soy, daryo kabilarning suvi aylanib, qaytib turadigan qismi, girdob)
6. -(i)k: kechik
7. -liq//-lik: oraliq, yalanglik, kenglik, botqoqlik, borliq
8. -ot (-at): tashkilot, …
4. Faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchalar:
1. -diq: hordiq
2. -lik: bolalik, keksalik, hakamlik, shanbalik
3. -garlik: tayyorgarlik,
4. -at (-ot): halokat, taqdimot, tadqiqot, imkoniyat
5. -chilik: qo’shnichilik, ustachilik, chevarchilik
6. -garchilik: yog’ingarchilik, loygarchilik
7. -(i)m: o’rim, terim,
8. -(i)k/-(i)q: ko’rik, chopiq, qiliq
9. -ma: ko’rgazma, yo’qlama
10. -qin (-g’in): bosqin, qirg’in, toshqin, yong’in
11. -in: yog’in
5. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar:
1. -at/ot: samimiyat, madaniyat, xayolot, ruhiyat
2. -lik: go’zallik, razillik, dadillik, sharmandalik
3. -ch: o’kinch, sog’inch, yupanch
4. -m: chidam
5. -chilik: sharmandachilik
6. -cha: tushuncha