Ayol nomahramning qadamini seziboq “boshidagi gardi romolini peshonasiga tushirdi” yozuvchi bu asar orqali qishloq ayolining hayosini, go’zal odobini ko’rsatib bermoqda. Darhaqiqat, ibo, hayo o’zbek ayol-qizlarining bezagi, bebaho boyligi va shunday bo’lib qoladi.2 Bahrom Mirzo ham ayol obrazini shu tarzda ochib bergan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, Bahrom Mirzoning “Ot mingan odamlar” hikoyasi barcha yutuq va kamchiligi, bor yo’g’I bilan yaxlit qaraganda, milliy urf- odat, qadriyat va an’analarning kelgusi avlodga yetkazish va bu qadriyatlarni davom ettirish kabi g’oyalarni o’zida jamlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |