Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Kichik doira tomirlari qon va havo orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi, bunda o’pka va uning tomirlari muhim o’rin tutadi. Katta doira tomirlari kislorodga to’yingan qonni butun organizm bo’ylab taqsimlab, karbonat angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan qonni yurakka yig’ishni ta’minlaydi. Yurak bir maromda kameralarning ishiga qarab, qon kerakli yo’nalishda oqadi. Gaz almashinuvida gemoglobin muhim o’rin egallaydi. U qon hujayralari eritrotsitlarda bo’ladi. Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan holda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |