Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va adreslardan tashkil topgan.
Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda fizik adres komandaning adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi.
Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita.
Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita adreslash usulida esa, adres kodi bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |